Tramp: Halok bo‘lgan askarlar uchun qasos olinadi, yana yo‘qotishlar bo‘lishi mumkin
AQSh Prezidenti Donald Tramp, Eron hujumida halok bo‘lgan askarlar uchun qasos olinishi va yana yo‘qotishlar bo‘lishi mumkinligini tan oldi.
AQSh Prezidenti Donald Tramp Eron bilan boshlagan urushda uch nafar amerikalik askarning halok bo‘lishiga javoban qasos olishi va yana yo‘qotishlar ehtimoli borligini tan oldi.
Tramp yakshanba kuni (01.03.2026) e’lon qilingan video murojaatida: «Amaliyot tugashidan oldin ehtimol yana yo‘qotishlar bo‘ladi», - dedi.
U Eronga qarshi uyushtirilgan hujumlarda amerikalik askarlarning halok bo‘lishini kutilgan holat ekanini ifoda etar ekan, shunga qaramay buning dunyo uchun katta yutuq ekanini o‘z so‘ziga ilova etdi.
AQSh Prezidenti shuningdek, eronliklarni qo‘zg‘olonga chiqishga chaqirdi. U mavzu haqida: «Erkinlikni orzu qilayotgan barcha vatanparvar eronliklarga murojaat qilaman: bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang, jasoratli bo‘ling, matonatli bo‘ling, qahramonona harakat qiling va yurtlaringizni qaytarib oling. Amerika siz bilan», - dedi.
Tramp Eronning xavfsizlik kuchlariga ham taslim bo‘lishlarini, aks holda o‘ldirilishlarini bildirgan holda: «Inqilobiy gvardiya, Eron armiyasi va politsiyasini yana bir bor qurolni tashlashga va to‘liq kafolat bilan taslim bo‘lishga chaqiraman; aks holda siz mutlaq o‘limga mahkum bo‘lasiz. Bu mutlaq o‘lim bo‘ladi. Yaxshi bo‘lmaydi», - degan ifodalarga o‘rin berdi.
Kunning yirik qismini Floridadagi dam olish maskanida o‘tkazgan va Eronga qarshi hujum bilan bog‘liq bir qator intervyular bergan AQSh bosh qo‘mondoni harbiy harakatning taxminan to‘rt hafta davom etishini bildirdi.
«Bizda uch nafar yo‘qotish bor, yana yo‘qotishlar kutilyapti; lekin oxir - oqibat buning dunyo uchun katta yutuq bo‘lishiga ishonamiz», - degan Tramp, Pentagonning Eronga qarshi harbiy hujumlarida kim ekani oshkor qilinmagan amerikalik askarning halok bo‘lgani va besh nafar askarning og‘ir jarohat olganini ma’lum qildi.
Tramp halok bo‘lganlarni Daily Mail gazetasi bilan suhbatda «ajoyib insonlar» deb atab, «Va bilasizlar, afsuski, buning bo‘lishini kutganmiz. Davom etishi, qayta bo‘lishi mumkin», - dedi.
NBC bilan suhbatda, Tramp, Eronning eng yuqori rahbari va o‘nlab yuqori darajali hukumat hamda harbiy vakillarni o‘ldirgan amaliyot rejalashtirilgan jadvaldan oldin amalga oshirilganini qayd etdi.
Batafsil ma’lumot bermasligiga qaramay, eronlik va amerikalik rasmiylar bilan suhbatlashganiga e’tibor qaratgan Donald Tramp bu muzokaralar bo‘yicha qarama - qarshi bayonotlar berdi; Daily Mail’ga: «Ular suhbatlashmoqchi lekin men bu hafta emas, bu o'tgan hafta bo‘lishi kerak edi dedim», - deya gapirdi.
Eronga qarshi to‘rt haftalik harbiy harakatni kutayotganini qayd etgan Tramp: «Qanchalik kuchli bo‘lmasin, bu katta mamlakat; to‘rt hafta yoki undan kam davom etadi», - dedi.