Eron 2026-yilgi Jahon chempionatida ishtirok etadi

Bu bayonotlar Meksika FIFAning Eronning barcha o'yinlarini o'z mamlakatiga ko'chirish haqidagi iltimosini rad etganini tasdiqlaganidan keyin yangradi.

By
Infantino: "Sport siyosatdan tashqarida bo'lishi kerak", deydi. (Foto: ARXIV) / Reuters

FIFA prezidenti: Eron Jahon chempionatiga yo'llanma oladi

FIFA prezidenti Janni Infantino mintaqadagi keskin siyosiy vaziyat hamda AQSh, Isroil va Eron o‘rtasidagi ziddiyatlarga qaramay, Eron terma jamoasi 2026-yilgi Jahon chempionatida qatnashishini tasdiqladi.

"Eron albatta turnirga keladi. Umid qilamizki, o‘sha vaqtga borib vaziyat barqarorlashadi — bu shubhasiz yordam bergan bo‘lardi," — dedi Infantino CNBC telekanaliga bergan intervyusida.

"Sport siyosatdan tashqarida"

FIFA rahbari futbolning birlashtiruvchi kuch ekanini va sportni siyosiy mojarolardan uzoq tutish lozimligini alohida ta’kidladi:

Ushbu bayonot Meksika tomoni bergan ma’lumotdan so‘ng yangradi. Avvalroq Meksika hukumati FIFA Eronning barcha o‘yinlarini AQShdan qo‘shni Meksika hududiga ko‘chirish haqidagi so‘rovini rad etganini ma’lum qilgan edi.

Ishtirok atrofidagi shubhalar va o‘yinlar jadvali

Eronning turnirdagi ishtiroki 28-fevralda boshlangan harbiy harakatlar tufayli so‘roq ostida qolgan edi. Ma’lumot uchun, Eron terma jamoasi 2025-yil mart oyida O‘zbekiston bilan kechgan bahsdagi durangdan (2:2) so‘ng, muddatidan oldin JCh-2026 yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan.

AQSh, Meksika va Kanada mezbonlik qiladigan turnir 11-iyun kuni start oladi. Eron "G" guruhi doirasidagi barcha uchrashuvlarini AQSh shaharlarida o‘tkazishi belgilangan:

  • 15-iyun: Eron — Yangi Zelandiya (Los-Anjeles)
  • 21-iyun: Eron — Belgiya (Los-Anjeles)
  • 26-iyun: Eron — Misr (Sietl)

FIFA rasmiy saytidagi ma’lumotlarga ko‘ra, o‘yinlar jadvali o‘zgarishsiz qolmoqda va tashkilot jamoaning xavfsiz ishtirokini ta'minlashni ko‘zlamoqda.