Xitoy Vashingtonni bir tomonli bojxona tariflarini bekor qilishga chaqirdi
Xitoy, Vashingtonni, savdo hamkorlariga nisbatan joriy etgan bir tomonli bojxona tariflarini bekor qilishga chaqirdi.
Xitoy Savdo vazirligi bayonot berib, Xitoy, AQSh Oliy Sudining bojxona qarorini to‘liq ko‘rib chiqqanini ma’lum qilgan holda Vashingtonni savdo hamkorlariga nisbatan joriy etgan bir tomonli bojxona tariflarini bekor qilishga chaqirdi.
Dushanba kuni (23.02.2026) berilgan bayonotlar AQSh Oliy sudining AQSh Prezidenti Donald Trump tomonidan global savdo urushida qo‘llanilgan ko‘plab bojlar, jumladan Xitoyga qarshi yo‘lga qovyilgan tariflar ham doxil hammasini bekor qilib, og‘ir zarbaga uchratganidan bir necha kun o‘tib qayd etildi.
Qaror e’lon qilinganidan bir necha soat o‘tib, Tramp seshanba kunidan e’tiboran barcha mamlakatlardan AQShga import qilinadigan mahsulotlarga yangi 10 foizlik boj joriy etishini ma’lum qildi, shanba kuni esa bu ko‘rsatkichni 15 foizga oshirdi.
Vazirlik bayonotida “AQShning bir tomonlama bojxona tariflari xalqaro savdo qoidalari va AQSh ichki qonunchiligini buzadi hamda hech qaysi tomon manfaatiga xizmat qilmaydi” - deyiladi. Shuningdek, AQSh savdo surishtiruvlari kabi muqobil yo‘llar orqali ham savdo hamkorlariga nisbatan bojlarni davom ettirishni rejalashtirayotganidan xabardor ekanini bildirdi.
Vazirlik: “Xitoy vaziyatni diqqat bilan kuzatadi va o‘z manfaatlarini qat’iyat bilan himoya qiladi”, - degan ifodalarga o‘rin berdi.
Tramp dunyoning ikki eng yirik iqtisodiyoti yetakchilari o‘rtasida uzoq kutilgan uchrashuv uchun 31 - mart va 2 - aprel kunlari Xitoyga boradi.
Juma kuni sud olti ovozga qarshi uch ovoz bilan Trampning 1977 - yilgi qonunga tayangan holda mamlakatlarga to‘satdan boj joriy etish vakolatiga ega emasligi haqida qaror qabul qilar ekan; bu qaror global savdoga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi.
Tramp ma’muriyati bir necha oy ichida “huquqan ruxsat etilgan” bojlarni joriy etish uchun boshqa muqobil yo‘llarni izlashini ham bildirdi.
Shanba kungi e’lon, Tramp jamoasi tomonidan so‘nggi bir yil ichida AQShga mahsulot eksport qilgan mamlakatlar uchun belgilangan; keyin esa o‘zgartirilgan yoki bekor qilingan ko‘plab boj stavkalari o‘rin olgan, jadal tusda rivojlangan bir jarayonining navbatdagi bosqichi bo‘ldi.
Bu holat, shuningdek, respublikachi yetakchining keng ko‘lamli va ko‘pincha ixtiyoriy qarorlariga; ya’ni uning imzo darajasidagi xalqaro savdo siyosatiga nisbatan eng keskin tanqidni bildirgan Oliy sud qarorini chetlab o‘tishga urinish sifatida ham talqin qilinmoqda.
Dunyoning ko‘plab mamlakati, Oliy sud qarori va Trampning keyingi boj e’lonlari yuzasidan vaziyatni o‘rganayotganini ma’lum qildi.
AQSh Savdo vakili Jamieson Greer yakshanba kuni (22.02.2026) AQSh OAVlariga bergan intervyusida; sud qaroriga qaramay, mamlakatning Xitoy, Yevropa ittifoqi va boshqa hamkorlar bilan tuzgan savdo kelishuvlari o‘z kuchini yo‘qotmasligini ifoda etdi.