Isroilning Livan janubidagi hujumida to‘rt kishi halok bo‘ldi

Isroil armiyasi 2023 - yilning oktabr oyida boshlangan va 2024 - yilning sentabr oyida to‘liq hujumga aylangan Livanni nishonga olgan hujumlarida 4,000 nafardan ortiq inson umriga zomin bo‘ldi.

_

Livan Sog‘liqni Saqlash vazirligi kecha (01.11.2025) Isroilning janubiy Livanga qarshi uyushtirgan havo hujumi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘lgani va uch kishi tan jarohati olganini ma’lum qildi.

Rasmiy Milliy axborot agentligining xabar berishicha, Isroilga oid insonsiz havo hujumi shanba kuni kechasi Nabatiya tumanidagi Doha - Kafarman yo‘lida bir transposrtni nishonga olgan.

Nishonga olingan transport butunlay vayron bo‘lar ekan, ichidagi to‘rt kishi halok bo‘ldi. Shuningdek, yo‘ldan o‘tib ketayotgan mototsikldagi ikki kishi esa tan jarohati oldi.

Isroil hujumi Dohaninjg, asosan turar - joy hududi bo‘lgan mintaqada yuz berdi va o‘nlab uyning oynalari sinib ketishiga sabab bo‘ldi.

O‘z navbatida, Isroil armiyasi ushbu hujumni tasdiqlab, u Hizbulloh ofitserlarini nishonga olganini iddao etdi.

Oxirgi haftalarda Livan - Isroil chegarasida keskinlik avj olib bormoqda. Tel - Aviv o‘tgan 2024 - yildan beri amalda bo‘lgan otashkesimga qaramay janubiy shaharlarga bo‘lgan havo hujumlarini kuchaytirdi.

Mudofaa vaziri Isroil Katz «X» ijtimoiy tarmoq orqali bergan bayonotida, Livan prezidentini Hizbullohni qurolsizlantirish bo‘yicha chora ko‘rishni kechiktirayotganlikda aybladi. Katz mavzu haqida: «Hizbulloh o‘t bilan o‘ynamoqda», - dedi va agar guruh to‘liq qurolsizlantirilmagudek bo‘lsa unda hujumlarni kuchaytirishini o‘z so‘ziga ilova etdi.

Livan yoki Hizbulloh tomonidan bu bayonotga javob berilmadi

Avgust oyida Livan hukumati barcha qurollarni davlat nazoratiga olish rejasini tasdiqladi. Hizbulloh esa bu rejani rad etdi va Isroil mamlakat janubidagi beshta chegara postidan chiqib ketmaguncha qurollarini saqlab qolishini ifoda etdi.

Isroil armiyasi 2023 - yilning oktabr oyida boshlangan va 2024 - yilning sentabr oyida to‘liq hujumga aylangan Livanni nishonga olgan hujumlarida 4,000 nafardan ortiq inson umriga zomin bo‘ldi va qariyb 17,000 nafar inson tan jarohati oldi.

Otashkesimga ko‘ra Isroil armiyasi bu yil yanvar oyida janubiy Livandan chiqib ketishi kerak edi ammo u faqat qisman chiqib ketdi va beshta chegara postida harbiy o‘rnini davom ettirmoqda.