Isroil qo'lida falastinlik kamida 98 nafar mahbus o‘ldirilgani aytilmoqda

Inson huquqlari guruhi, Isroil nazoratida halok bo‘lgan falastinlik mahbuslarning o‘lim sabablari va soni yashirib kelinayotganini qayd etmoqda.

By
_

Isroillik inson huquqlari tashkiloti a’zolaridan biri, Isroil 2023 - yilning oktabrida G‘azoga nisbatan genotsid tusda hujum boshlatganidan beri falastinlik kamida 98 kishi Isroil qamoqxonalarida halok bo‘lganini ma’lum qildi.

Topilmalar «Inson Huquqlari uchun Shifokorlar – Isroil» tomonidan dushanba kuni e’lon qilingan hisobotda keltirildi. Hisobotdagi ma’lumotlar rasmiy javoblar, tibbiy hujjatlar, otopsiya (so‘yib ko‘rish) natijalari, sog‘liqni saqlash xodimlari va ozod qilingan mahbuslarning so‘zlari hamda boshqa inson huquqi manbalariga asoslangani aytildi.

Tashkilot, Isroilning qamoqxonalaridagi falastinlik mahbuslarning o‘lim sabablari va qurbonlar sonini yashirib kelayotganiga alohida e’tibor qaratdi.

Tashkilot shuningdek, Isroilni falastinlik mahbuslarga nisbatan «tizimli o‘ldirish, yomon muomala va tibbiy beparvolik siyosati»ni yuritayotganlikda aybladi.

Tashkilotning Mahbuslar va qo‘lga olinganlar bo‘limi loyiha koordinatori O‘neg Ben Drorning aytishicha bu misli ko‘rilmagan darajadagi o‘limlar soni, qiynoq va tibbiy beparvolik oqibatidagi o‘limlar haqidagi keng ko‘lamli dalillar, Isroilning falastinliklarni hibsda o‘ldirishni ko‘zlagan qasddan yuritilayotgan siyosatidan dalolat beradi.

Huquq tashkiloti falastinlik 98 kishining Isroil nazorati ostida hayotdan ko‘z yumgani, ulardan 94 nafari 2023 - yilning oktabr oyidan 2025 - yilning avgust oyigacha qayd etilgan o‘limlar ekanini bildirdi. Hisobotda, shuningdek, faqat shu yilning oktabr va noyabr oylarida yana to‘rt o‘lim qayd etilgani ifoda etildi.

Hisobot faqat Isroilning qamoqxonalari va nazorat markazlarida sodir bo‘lgan o‘limlarni o‘z ichiga oladi ammo qo‘lga olinganidan ko‘p o‘tmay otib o‘ldirilgan falastinlik yetti kishining holatini o‘z ichiga olmaydi.

Tashkilotning qayd etishicha, qurbonlar orasida g‘azolik 52 nafar mahbus ham bor.

Isroil Qamoqxona ma’muriyati va Isroil armiyasi ushbu hisobot yuzasidan hech qanday izoh bermadi.

Ogir zoravonlik

Isroillik huquq tashkiloti, hisobot, qamoqxona qo‘riqchilari tomonidan takrorlanayotgan zo‘ravonlik harakatlari va falastinlik mahbuslarga nisbatan jiddiy tibbiy beparvolik holatlarini ochib berganini bildirdi.

O‘n nafar qurbonning otopsiya hisobotlari tahlili shuni ko‘rsatdiki, ularning deyarli yarmida bosh jarohatlari, ichki qon ketishi va qovurg‘a sinishlari kabi jismoniy zo‘ravonlik alomatlari bor edi.

Boshqa tibbiy hujjatlarda esa juda og‘ir ovqat tanqisligi, qandli diabet bemorlariga insulin berilmagani, saraton davosi qilinmagani va hayot uchun xavfli infeksiyalar qayd etilgan.

Tashkilot bu dalillar Isroil hibsxonalarida oxirgi ikki yil davomida ochlik, chanqoqlik va uzoq davom etuvchi haddan tashqari sovuq va issiq sharoitlarga duchor qilish bo‘yicha mavjud keng hujjatlar bilan mos kelishini ta’kidladi.

Hisobotda Isroil rasmiylarining o‘lim sabablarini yashirish va oilalarning yaqinlari qanday sharoitda vafot etganini bilishiga to‘sqinlik qilish usullari keng yoritilgan.

Bu orada Falastin Mahbuslar Jamiyati Isroil nazorati ostida halok bo‘lgan mahbuslar soni 100 nafardan oshganini ma’lum qildi.

Jamiyat raisi Abdulloh al - Zag‘ari, taxminlarga ko‘ra qamoqxonalarda vafot etgan mahbuslar soni 100 nafardan yuqori ekanini bildirdi.

Al - Zag‘ari, e’lon qilingan raqam, Isroil qamoqxonalardagi mahbuslar va nazorat ostiga olingan falastinliklarga qarshi davom etayotgan jinoyatning jiddiyatini o‘rtaga qo‘ygani hamda bu insonlar yo‘q qilinishning boshqa bir turiga ma’zur qolayotganini qayd etdi.

Isroil armiyasi 2023 - yilning oktabr oyida G‘azoga qarshi keng ko‘lamli hujum boshlatar ekan nomi tilga olingan hujumda ko‘pchiligi ayollar va bolalardan iborat 69 ming nafardan ortiq inson halok bo‘ldi, 170 ming nafardan ortiq inson esa tan jarohati oldi. Bunga qo‘shimcha ravishda minglab inson nazorat ostiga olindi.

Hujumlar 10 - oktabrda kuchga kirgan o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi bilan to‘xtadi.