Yaponiyada qalin qor va noqulay ob-havo oqibatlari
Yaponiya qirg'oqlarida yanvar oyi oxiridan boshlab hukmron bo'lgan kuchli sovuq havo oqimi oqibatida qalin qor yog'di. Ayrim hududlarda qor miqdori odatdagidan ikki baravar ko'p bo'ldi.
Yong'in va ofatlarni boshqarish agentligi bergan ma'lumotlarga ko'ra, uch hafta davom etgan qalin qor yog'ishi oqibatida 46 kishi hayotdan ko'z yumdi va 558 kishi jarohatlandi.
Yanvar oyi oxiridan buyon to'xtovsiz yog'ayotgan qor shimoldagi aholi yashash joylarini qoplab oldi. Ayniqsa, Yaponiya dengizi bo'yidagi hududlarda qatnov qiyinlashdi. Politsiya va mahalliy mas'ullarning seshanba kuni bergan bayonotiga ko'ra, o'lim holatlarining ko'pchiligi tomlardan qor tushishi yoki qor tozalash vaqtida yiqilish tufayli yuz bergan.
Yaponiya ob-havo xizmati ma'lumotiga ko'ra, shimoldagi Aomori shahrida qalinligi 1,3 metrga yetgan qor to'plangan.
Yoz oylarida El-Ninyo hodisasi yuz berish ehtimoli
Yaponiya ob-havo idorasi seshanba kuni yoz oylarida El-Ninyo hodisasi yuz berish ehtimoli 60 foiz ekanini bildirdi. Bahorda esa bu ehtimol 50 foizni tashkil etadi.
El-Ninyo — Tinch okeanining sharqiy va markaziy qismlarida suv haroratining isishi demakdir. La-Ninya esa okean suvi haroratining odatdagidan past bo'lishi bilan bog'liq bo'lib, u suv toshqinlari va qurg'oqchilikka sabab bo'ladi.