DUNYO
2 daqiqa o'qish
Rossiya Kiyevdagi Qatar elchixonasini nishonga olganini rad etdi
Rossiya Kiyevdagi Qatar elchixonasini nishonga olganini rad etib, bu borada Ukrainani aybladi.
Rossiya Kiyevdagi Qatar elchixonasini nishonga olganini rad etdi
_

Rossiya Tashqi Ishlar vazirligi o‘z kuchlari Kiyevdagi Qatar elchixonasiga qarshi hujum qilgani haqidagi ayblovlarni rad etib, diplomatik vakolatxonaga yetkazilgan ziyon Ukraina havo mudofaa tizimidagi nosozlik oqibati ekanini iddao etdi.

Vazirlik mavzu haqida shanba kuni (10.01.2026) bergan bayonotida: “Diplomatik vakolatxonalar Rossiya Qurolli kuchlari tomonidan hech qachon nishonga olinmadi”, - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Moskva o‘zlari belgilagan nishonlar Qatar diplomatik vakolatxonasi yaqinida joylashmaganini ifoda etar ekan ayni vaqtda: “Ukraina havo mudofaa tizimida nosozlik yuz bergan va bu elchixona binosiga ziyon yetishiga olib kelgan”, - degan pozitsiyani ilgari surdi.

Bayonotda, shuningdek, Rossiya Qatar Davlatini ustuvor hamkor va do‘st mamlakat sifatida ko‘rishi qayd etildi.

Rossiya Tashqi Iishlar vazirligining ushbu bayonoti Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning bayonotlaridan keyin e’lon qilindi. Zelenskiy, Oreshnik gipertovushli raketasi va 200 dan ortiq insonsiz havo transporti orqali turli qanotli raketalardan tashkil topgan keng kolamli hujum ortidan bayonot berib, insonsiz havo vositalaridan biri Qatar elchixonasi binosiga ziyon yetkazganiga e’tibor qaratgan edi.

Zelenskiy nishonning diplomatik ahamiyatiga e’tibor qaratib, Qatarning urush mahbuslarini ozod etish jarayonidagi o‘rtamchilik rolini yodga solgandi. Ukraina Tashqi Ishlar vaziri Andriy Sibiha esa Yevropa ittifoqi bilan NATO chegaralari yaqinidagi hujumlar Yevropa xavfsizligi uchun jiddiy tahdid ekanini bildirgan edi.

Rossiya mudofaa idoralari avvalroq energetika infratuzilmasi va dron ishlab chiqarish obyektlarini nishonga olgan keng ko‘lamli amaliyot uyushtirilganini tasdiqlab, ushbu hujumlar Novgorod viloyatida Rossiya prezidentining qarorgohiga qarshi uyushtirilgan Ukraina hujumiga javob tariqasida ekanini ma’lum qilgandi.

Boxabar bo'ling!
Qatar, Misr va Iordaniya Eronning arab davlatlariga hujumini qoraladi
Putin: Rossiya Ukrainadagi urushda g‘alaba qozonmoqda
Amerikalik muhandis Apple kompaniyasiga bosh direktor etib tayinlandi
Nepaldagi suv toshqinlari qurbonlari soni 1130 nafarga yetdi
Ispaniyada issiq tufayli 5 mingdan ortiq o‘lim holati qayd etildi
Pokistonda kuchli yomg‘ir: maktablar yopildi
Nepalda suv toshqinlari qurbonlari soni 900 dan oshdi
Isroil G'arbiy Sohilda harbiy bazasini kengaytirish uchun Falastin yerlarini musodara qilmoqda
Ukraina keng ko‘lamli dron hujumida Rossiyaning Rostov viloyatini nishonga oldi
Ukraina keng ko‘lamli dron hujumida Rossiyaning Rostov viloyatini nishonga oldi
Putin, Shi va Pezeshkiyan Qirg‘izistondagi sammitda qatnashadi
Nepalda suv toshqini va ko‘chkilarda 623 kishi halok bo‘ldi, 1 100 dan ortiq kishi bedarak yo‘qoldi
Si, Putin va Modi Bishkekda uchrashadi: Yevrosiyo yetakchilari SHHT sammiti uchun Qirg‘izistonda
CIA direktori Retkliff Rossiyani Ukraina bilan kelishuvga chaqirdi
G‘azodagi 20 ta uy xarobasidan 233 falastinlikning jasadi chiqarildi
AQSh Prezidenti Tramp: “Rossiya NATO hududiga hujum qilmaydi”
Eron: “Dengiz qamali davom etsa, AQShning iqtisodiy manfaatlariga kuchli zarba beramiz”
Nepal–Tibet suv toshqinlarida 472 kishi halok bo‘ldi, mingdan ortiq kishi bedarak yo‘qoldi
Nepalda sel va yer ko‘chkilari:  270 kishi halok bo‘ldi, yuzlab kishi bedarak yo‘qoldi
Netanyahu xalqaro bosimlarga qaramay G‘arbiy Sohildagi noqonuniy aholi punktlarini kengaytiradi