Eron rahbari taslim bo'lmasliklarini bildirib, qo'shni davlatlardan uzr so'radi

Vaqtinchalik rahbarlik kengashi, qo'shni davlatlarga qarshi hujumlarni to'xtatish va ushbu mamlakatlardan hujum kelmaguncha raketa otilmasligi borasida kelishib oldi.

By
Pezeshkian Xomaneyning o'ldirilishidan so'ng Eronni boshqarayotgan muvaqqat kengashning uch a'zosidan biridir. / AP

Eron Prezidenti Mas'ud Pezeshkiyon, urushning ikkinchi haftasiga o'tilayotgan bir vaqtda mamlakati Isroil va AQShga aslo taslim bo'lmasligini ma'lum qildi. Pezeshkiyon davlat telekanalida namoyish etilgan chiqishida, Eron dushmanlarining Eron xalqi so'zsiz taslim bo'lishi haqidagi umidlarini o'zlari bilan go'rga olib ketishga majbur bo'lishlarini ifoda etdi.

Isroil va Amerika Qo'shma Shtatlari (AQSh), 28-fevral kuni Eronga hujum uyushtirib, Oliy rahbar Ali Xamanaiyni o'ldirgan va mintaqaviy nizoning boshlanishiga sabab bo'lgan edi. Eron esa o'sha kundan buyon Isroilga va mintaqadagi AQSH manfaatlariga, ayniqsa Ko'rfaz davlatlarida joylashgan nishonlarga raketa va uchuvchisiz apparatlar bilan javob qaytarib kelmoqda.

Pezeshkiyon, Xamanaiy o'limidan so'ng Eronni boshqarayotgan uch kishilik vaqtinchalik rahbarlik kengashi a'zolaridan biridir. Pezeshkiyon o'z nutqi davomida Eronning butun mintaqa bo'ylab amalga oshirgan hujumlari sababli qo'shni davlatlardan uzr so'radi va bundan buyon ushbu mamlakatlardan hujum kelmaguncha, ular nishonga olinmasligini aytdi.

Pezeshkiyon Eron nomidan va shaxsan o'z nomidan hujumga uchragan qo'shni mamlakatlardan uzr so'rashini bildirdi. U vaqtinchalik rahbarlik kengashi bir kun avval qo'shni davlatlarga qarshi yangi hujumlar qilmaslik va u yerlardan Eronga nisbatan tajovuz bo'lmaguncha raketa otilmasligi borasida kelishuvga erishganini ma'lum qildi.