AQSh Eron iddaolarini rad etdi
Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh), Eronning amerikalik askarlar qo‘lga olingani haqidagi iddaolarini rad etdi.
Eron xavfsizlik sohasining oliy darajali rasmiylaridan Ali Larijoniy, amerikalik askarlar qo‘lga olinganini iddao qilgan holda Vashingtonni bu voqeani yashirishga urinayotganlikda aybladi.
Larijoniy kecha (07.03.2026) «X» platformasi orqali mavzu haqida:
«Menga bir nechta amerikalik askar asir olingani haqida xabar berildi. Ammo amerikaliklar ular urushda halok bo‘lganini iddao etmoqdalar», - dedi.
U shuningdek: «Behuda urinishlariga qaramay, ular haqiqatni uzoq vaqt yashira olmaydi», - degan ifodalarga o‘rin berdi.
Amerika Qo‘shma Shtatlari armiyasi esa bu iddaoni jadal tusda rad etib, birorta ham amerikalik askar asir olinmaganini ma’lum qildi.
AQSh Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) vakili Al Jazeeraga bergan bayonotida, Eronning bu iddaolari haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini qayd etdi.
Vakil mavzu haqida: «Eron rejimining amerikalik askarlar asir olingani haqidagi iddaolari, rejimning yolg‘on va aldovlarining boshqa misolidir», - dedi.
Eslatib o‘tamiz:
Joriy yilning 28 - fevrali kuni Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan Isroil tomonidan Eronga qarshi qo‘shma havo hujumlari boshlatilishi ortidan mintaqadagi taranglik avj oldi. Bu hujumlar oqibatida ming nafardan ortiq inson halok bo‘ldi. Ular orasida Eronning diniy lideri Ali Hamaney, 150 nafardan ortiq o‘quvchi qiz hamda oliy darajali harbiylar ham bor edi.
Urush mintaqada keng ko‘lamli beqarorlikka olib kelar ekan, Tehron ham mintaqa bo‘ylab AQSh bilan bog‘liq nishonlarga qarshi javob tariqasida zarbalar bermoqda.