Erdo‘g‘an: Isroil G‘azodagi genotsidini to‘xtatishi uchun har qanday rejani qo‘llab – quvvatlaymiz
Erdo‘g‘an ikki tomon o‘rtasidagi otashkesim kelishuvi G‘azo va boshqa Falastin tuproqlarida butunlay tinchlik o‘rnatib, osoyishtalik va xavfsizlik olib kelishidan umidvor ekanini bildirdi.
Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Isroilning G‘azodagi genotsidini to‘xtatuvchi har qanday rejani qo‘llab - quvvatlashini bildirdi.
Prezident Erdo‘g‘an Turkiyaning shimoliy sohilidagi Rize shahrida so‘zlagan nutqida: «G‘azoda ikki yildan beri davom etgan qatliom va genotsidni butunlay to‘xtatuvchi har qanday rejani to‘liq qo‘llab - quvvatlaymiz. Turkiya, G‘azoni otashkesim kelishuviga olib borgan jarayonda prinsipial va adolatli pozitsiyani namoyish etdi», - dedi.
Erdo‘g‘an Turkiyaning Isroil va Hamas o‘rtasida erishilgan yangi otashkesim yoki sulh kelishuvi G‘azo va boshqa Falastin tuproqlarida butulay tinchlik o‘rnatib, osoyishtalik va xavfsizlikka olib kelishidan umidvor ekanini bildirdi.
Erdo‘g’an: «Falastinlik birodarlarimiz, ayniqsa Hamas, tinchlikka tayyor ekanliklarini yaqqol namoyon etdi», - dedi.
Prezident so‘zlari yakunida: «Isroil hukumati endi bu kelishuv shartlariga amal qilishi kerak», - deb, Isroilni o‘zi imzolagan G‘azo sulh bitimiga rioya qilishga, mintaqa va xalq xavfsizligiga tahdid soluvchi tajovuzkor siyosatlarini to‘xtatishga chaqirdi.