Pokiston Falastin davlatini qo‘llab - quvvatlashini yana bir bor ta’kidladi
Pokiston Falastin davlatining 1967 - yildan oldingi chegaralar asosida tashkil topishini qo‘llab - quvvatlashini yana bir bor ta'kidladi.
Pokiston Bosh vaziri Shohboz Sharif seshanba kuni bergan bayonotida, Islomobodning Falastin masalasini qo‘llab - quvvatlashini yana bir bor ta’kidlar ekan, Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim esa Kuala - Lumpur G‘azoga tinchlikparvar kuchlarini yuborishga tayyorligini bildirdi.
G‘azo tinchlik sammitida ishtirok etgan Sharif, sammit ortidan «X» platformasi orqali Falastin xalqining erkinligi, qadr - qimmati va farovonligi Pokiston uchun qay darajada muhim ekanini ta’kidlagan post qoldirdi.
Sharif unda: «Xudo xohlasa 1967 - yildan oldingi chegaralar asosida kuchli va barqaror Falastin davlatini barpo etish Pokistonning Yaqin Sharq siyosatining tamal toshi hisoblanadi va shunday boʻlib qolaveradi», - degan ifodalarga o‘rin berdi.
Sharif, Pokistonning asosiy ustuvorligi G‘azoda uyushtirilgan genotsidni zudlik bilan to‘xtatish ekanini qayd etgan holda AQSh Prezidenti Donald Trampning bu boradagi rolini olqishladi.
Sharifning taʼkidlashicha, Tramp oʻz prezidentligi davrida buni toʻxtatishga vaʼda bergan va bu vaʼdani bajargan.
Misr dushanba kuni Isroil tomonidan falastinliklarga qarshi ikki yildan beri uyushtirib kelingan genotsidga chek qoʻyish maqsadida Gʻazo tinchlik sammitiga mezbonlik qildi.
Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim seshanba kuni bergan bayonotida BMT, Arab ittifoqi yoki Islom Hamkorlik tashkiloti tomonidan talab qilingudek bo‘lsa unda Kuala - Lumpur G‘azoga tinchlikparvar kuchlarini yuborishga tayyorligini bildirdi.
Malay Mail gazetasining yozishicha parlamentda nutq so‘zlagan Anvar Ibrohim, Malayziya o‘tmishda bu masalaga hech qachon «yo‘q» demagani va tinchlikni saqlash zarur bo‘lganida har doim qo‘shin yuborganini ifoda etdi.
Ibrohim: «Tinchlikparvarlik missiyasi G‘azoda xavfsizlikni ta’minlashning eng yaxshi kafolatlaridan biri ekaniga ishonaman», - dedi.
Indoneziya ham G‘azoga 20 ming nafar askar yuborishga va’da berdi.