Pokistondagi yong‘inda kamida olti kishi halok bo‘ldi
Pokistonning savdo poytaxti hisoblangan Karachi shahridagi savdo markazlaridan birida kelib chiqqan yirik yong‘in oqibatida kamida olti kishi halok bo‘ldi.
Rasmiylarning ma’lum qilishicha Pokistonning savdo poytaxti hisoblangan Karachi shahridagi savdo markazlaridan birida kelib chiqqan yirik yong‘in oqibatida kamida olti kishi halok bo‘lgan. Ulardan bir nafarining o‘t o‘chiruvchi xodimlardan ekani aniqlanar ekan, halok bo‘lganlardan tashqari ko‘pchilik tan jarohati olgani aytilmoqda.
Karachi Metropoliten Munitsipaliteti (KMC) o‘t o‘chirish xizmati rasmiylaridan Hamayun Xon mavzu haqida jurnalistlarga ma’lumot berar ekan, unda, yong‘in shanba kuni kechasi MA Jinnah ko‘chasida joylashgan Gul Plaza savdo markazida boshlangani va o‘t o‘chiruvchilar uni nazorat ostiga olishga harakat qilayotganiga qaramay haligacha davom etayotganini bildirdi.
Xonning aytishicha, savdo markazida taxminan 1 ming 200 ta do‘kon mavjud bo‘lib, ularda kiyim - kechak, maishiy elektr jihozlari, kosmetika hamda idish - tovoq mahsulotlari sotilgan. Bu holat yong‘inning yana - da kuchayishiga yo‘l ochgan.
Hamayun Xon shuningdek: “Shu paytgacha voqea joyida olti kishi halok bo‘ldi va ulardan bir nafari o‘t o‘chiruvchi xodimlardan edi. Har birining janozasi olib chiqildi. Vaziyatni barqarorlashtirish uchun jamoalar jadal ishlamoqda”, - dedi.
Halok bo‘lganlar sonini notijorat tez yordam va xayriya tashkiloti Edhi jamg‘armasi ham tasdiqladi.
Hodisa joyiga tashrif buyurgan Sindh viloyati gubernatori Kamran Tessori o‘t o‘chiruvchilar yong‘inni nazoratga olish va binoda qolib ketgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan shaxslarni qutqarishga urinayotganini ma’lum qildi.
Rescue 1122 rasmiylari bilan o‘t o‘chiruvchilar bino bo‘ylab tarqalgan yong‘inni nazorat ostiga olishga harakat qilayotgani tasdiqlandi.
Rescue 1122 xizmati vakillari turli idora va tashkilotlardan jami 20 ta o‘t o‘chirish mashinasi safarbar etilganini bildirdi.
Biroq rasmiylar binoning eski va konstruktiv jihatdan xavfli ekani, shu bois ham qutqaruv ishlari nihoyatda ehtiyotkorlik bilan olib borilayotganini ta’kidladi.