Turkiya va Ozarbayjon harbiy hamkorlik bo'yicha islohotlarni muhokama qildi
Turkiya Respublikasi Bosh shtab rahbari Bakuda Ozarbayjon rasmiylari bilan uchrashdi.
Turkiya Bosh shtabi rahbari Selchuk Bayraktarog‘lu dushanba kuni Ozarbayjonga tashrif buyurib, Ozarbayjon Bosh shtabi rahbari Kerim Veliyev va Mudofaa vaziri Zakir Xasanov bilan uchrashdi.
Ozarbayjon Mudofaa vazirligining bayonotiga ko‘ra, Xasanov Turkiya va Ozarbayjon o‘rtasidagi munosabatlar chuqur tarix, umumiy qadriyatlar va o‘zaro ishonchga asoslanganini ta’kidladi.
U ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi do‘stona aloqalar tufayli hamkorlik yanada mustahkamlanganini qayd etdi.
Xasanov, shuningdek, Turkiyaning Ozarbayjonga ko‘rsatayotgan doimiy qo‘llab-quvvatlovi uchun minnatdorlik bildirdi va 15-sentyabr sanasi Ozarbayjon uchun tarixiy ahamiyatga ega ekanini, bu kun Baku shahrining ozod etilgan kuni sifatida nishonlanishini eslatib o‘tdi.
Bayraktarog‘lu esa bunday tashriflar ishonch va do‘stlikka asoslangan munosabatlarni mustahkamlashda muhim rol o‘ynashini ta’kidladi.
Uning Ozarbayjon Bosh shtabi rahbari bilan olib borgan muzokaralari davomida Ozarbayjon qurolli kuchlaridagi so‘nggi islohotlar va ikki davlat o‘rtasidagi harbiy hamkorlikni yanada rivojlantirish yo‘llari muhokama qilindi.
Tomonlar, shuningdek, harbiy, texnik va ta’lim sohasidagi hamkorlik, mintaqaviy xavfsizlik va o‘zaro manfaatli boshqa masalalar yuzasidan fikr almashdilar.