Pokiston Afg‘oniston chegarasidagi terror manzillariga zarba berdi
Pokiston kuchlari bugun Afg‘onistonning sharqiy va janubi - sharqiy hududlaridagi turli joylarda havo hujumlari uyushtirdi.
Pokiston, so‘nggi hujumlar uchun mas’ul deb hisoblagan terrorchilarni nishonga olish maqsadida Afg‘oniston chegarasi bo‘ylab amaliyotlar uyushtirganini ma’lum qildi.
Afg‘oniston mahalliy OAVlari bilan Pokiston Axborot vazirligiga ko‘ra Pokiston kuchlari yakshanba kuni (22.02.2026) Afg‘onistonning sharqiy va janubi - sharqiy hududlaridagi turli joylarda havo hujumlari uyushtirgan.
Islomobod hujumlar aniq qaysi hududlarda amalga oshirilgani yoki tafsilotlari haqida ma’lumot bermadi ammo o‘tgan hafta Ramazon oyining boshlanishidan buyon Pokistonda sodir etilgan uchta terror hujumini amaliyotlarning sababi sifatida ko‘rsatgan.
Axborot vaziri Attaullah Tarar yakshanba kuni (22.02.2026) X platformasi orqali mavzu haqida bergan bayonotida, armiya Tahrik - i - Toliban Pokiston (TTP) va unga aloqador unsurlarga tegishli yettita lagerga qarshi “razvedkaga asoslangan amaliyotlar” uyushtirganini bildirdi.
Tarar, chegara hududida DEASh bilan bog‘liq bir guruh ham nishonga olinganini o‘z so‘ziga ilova qildi.
Pokiston, oktabr oyida ham Afg‘oniston ichidagi terrorchilar o‘rnini nishonga olgan hujumlar uyushtirgan edi.
Vazirlik bayonotida shunday deyiladi: “Pokiston, Muvaqqat Afg‘oniston hukumatidan o‘z majburiyatlarini bajarishi va Havorij bilan terrorchilarga Afg‘oniston hududidan Pokistonga qarshi foydalanishga yo‘l qo‘ymasligini kutmoqda va bu talabini takrorlaydi; chunki Pokiston xalqining xavfsizligi hamma narsadan ustundir.”
Bayonotda, hujumlar, Pokistondagi so‘nggi o‘z joniga qasd qilish voqealaridan keyin amalga oshirilgani ta’kidlangan.
Afg‘onistonning TOLO News telekanali X - dagi xabarida, Nangarhor viloyatining Xogyani tumanidagi havo hujumlaridan so‘ng Pokiston kuchlari shu viloyatning Gʻani Hel va Behsud tumanlariga ham zarba berganini ma’lum qildi.
Afg‘onistondan munosib tarzda ogohlantirdi
Afg‘oniston Mudofaa vazirligi yakshanba kuni bayonot berib, o‘z hududini nishonga olgan Pokiston hujumlariga qarshi kerakli vaqtda munosib tarzda javob berilishini bildirdi.
Vazirlik X platformasi orqali bergan bayonotida, hujumlarni keskin qoralab; bular milliy mustaqillik, xalqaro huquq, yaxshi qo‘shnichilik tamoyillari va islomiy qadriyatlarning ochiq buzilishi ekanini ta’kidladi.
Bayonotda harbiy bo‘lmagan va diniy markazlarning nishonga olinishi Pokiston armiyasining razvedka va xavfsizlik sohasidagi kamchiliklaridan dalolat berishini iddao etgan holda, “bunday takroriy tajovuzkor harakatlar ichki zaifliklarni hech qachon yashira olmaydi” - deyiladi.
Afg‘on hukumati Matbuot xizmati kotibi Zabihulloh Mujohid ham X orqali bergan bayonotida, Pokiston Nangarhor va Paktika viloyatlarini bombardimon qilganini ma’lum qildi ammo qurbonlar tinch aholi vakillari ekanini iddao qilgan bo‘lsa - da, ularning soni yoki tafsilotlari haqida ma’lumot bermadi.
Qurbon bo‘lganlar bo‘lsa ham hozircha ular soni haqida hali hanuz hech qanday ma’lumot berilmadi.
Pokiston shanba kuni Hayber Paxtunxva viloyatida ikki xavfsizlik xodimi o‘ldirilgani hamda ikki hafta oldin Islomoboddagi jome’ masjidda sodir etilgan xudkushlik hujumi uchun qasos olishini bildirgan holda Afg‘oniston tomonidan boshlatilgan hech qaysi hujum javobsiz qolmasligini bildirgan edi.
Pokiston qo‘shni Afg‘onistonni TTP jangarilariga boshpana berishda va chegaralararo hujumlar ko‘payishida ayblamoqda, Afg‘oniston esa bu ayblovlarni rad etmoqda.
Pokiston hukumati Afg‘on ma’muriyatini TTPning Afg‘oniston ichkarisida taxmin qilinayotgan panohgohlarini yo‘q qilishga chaqirdi.
Pokistonlik harbiy rasmiylarga ko‘ra, o‘tgan yili asosan TTP tomonidan amalga oshirilgan hujumlarda 500 nafardan ortiq inson, jumladan 311 dan ziyod harbiy xizmatchi halok bo‘lgan.
Pokiston Tashqi Ishlar vazirligi ham juma kuni Afg‘oniston chegarasiga yaqin Hayber Paxtunxva viloyatida 11 askar halok bo‘lgan so‘nggi terror hujumi sababli afg‘on diplomatini chaqirtirdi.