Tarixni o‘zgartirgan g‘alaba: Istanbulning fathi
TURKIYA
5 daqiqa o'qish
Tarixni o‘zgartirgan g‘alaba: Istanbulning fathiSharq va G‘arb o‘rtasida yirik darvoza vazifasini o‘tagan Istanbul, bundan 573 yil oldin o‘smonli sultonlaridan Fatih Sultan Mehmed yetakchiligida fath etildi.
_

Rim, Vizantiya va Osmoniy imperiyalari poytaxti bo‘lgan Istanbul "Ikkinchi Rim", "Yangi Rim", "Byzantion", "Konstantinopolis" va "Konstantiniyye" nomlari bilan atalgan.

Tarix davomida ko‘plab armiyalar tomonidan 30 marotaba qamal qilingan shaharga ibodatxonalar, rasmiy binolar, saroylar, hammomlar va hipodromlar qurilgan, u pravoslav xristianlar uchun eng muhim markazga aylangan.

Yenikapı qazilmalari, shahar, qadim tarixi 8 ming yilga borib taqalishini ochib berdi; shaharning tarixidagi burilish nuqtalaridan biri milodiy IV asrda Rim taxtini egallagan Buyuk Konstantinning bu yerni yangi imperiyasining poytaxti qilishi bo‘lgan.

Hazrati Muhammadning "Istanbul (Konstantiniyye) albatta fath etiladi. Uni fath etgan qo‘mondon qanchalik yaxshi qo‘mondon. Uni fath etgan qo‘shin qanchalik yaxshi qo‘shindir" degan hadisi ortidan shahar Islom olami uchun ham fath qilinishi zarur bo‘lgan eng muhim joylardan biri sifatida nom qozondi.

Musulmonlar uchun G‘arbning, xristianlar uchun esa Sharqning poytaxti sifatida qabul qilingan Istanbul 1204 - yili Salib yo‘li uchun safar qilgan Lotin istilosiga duch keldi.

Hazrati Muhammadning madhiga sazovor bo‘lish maqsadida Omaviylar davrida Konstantiniyyega uch yirik yurish uyushtirilgan, yana bir yurish 781 – 782 yillarda Abbosiylar tomonidan amalga oshirilgan.

Ba'zi sahobalarning ham ishtiroki bilan Muaviyah ibn Abu Sufyon boshchiligidagi ilk Istanbul qamali, keyingi asrlarda tarix sahifalarida o‘chmas iz qoldirdi.

Hazrati Muhammadni Madinaga hijrat vaqtida uyida mehmon qilgan Abu Ayyub al -Ansoriy bu qamalgа qo‘shilib, devorlar oldida vafot etgani 1453 - yilgi fathgacha bo‘lgan yo‘lda Islom olami uchun katta rag‘bat manbai bo‘ldi.

Islomda va'da qilingan shahar

Konstantiniyye musulmon hukmdorlar uchun Payg‘ambarimizning bashorati bilan Islomning va'da qilingan shahri maqomiga ega bo‘ldi.

Dunyoning guvohi bo‘lgan eng ulkan qamal va mudofaa sahnalaridan biriga guvoh bo‘lgan Istanbul 1453 - yilgacha turli qabilalar va madaniyatlar tomonidan o‘nlab marta qamal qilingan.

Shaharni miloddan avval Makedoniya qiroli Filipp, Rim imperatori Septim Sevar; miloddan keyin esa Eron hukmdori Keyhusrav, avarlar, omaviylar, abbosiylar, I va II Bulgar imperiyalari, ruslar, Kiyev knyazligi, salibchilar, Iznik imperiyasi, venetsiyaliklar, genoviyaliklar va o‘smoniylar qurshab olgan.

Istanbulni fath etish jarayoni

Ba'zi manbalarda Attila, vikinglar va gotlarning ham shaharni qurshab olgani qayd etilar, ammo so‘nggi qamal 1453 - yilda osmoniylarni imperiyaga aylantirgan Sulton II Mehmed tomonidan amalga oshirildi.

Sulton II Mehmed taxtga o‘tirgach, Istanbulni fath etish uchun avvalo dengiz yordamini to‘sish lozim degan fikr bilan, Yildirim Boyazid tomonidan qurilgan Anadolu hisari qarshisiga, Tuna va Qora dengizdan kelishi mumkin bo‘lgan yordamni to‘sish maqsadida 1452 - yili Rumeli hisarini qurdirdi.

Istanbulning baland va qalin devorlarini buzish maqsadida zamonining muhim muhandislariga katta zambaraklar qoydirildi. 1453 - yilning fevral oyida qoyilgan zambaraklar sulton amri bilan shaharga olib kelingan. Karaja pasha boshchiligidagi 10 ming kishilik qo‘shin Istanbul yaqinidagi Vize, Silivri va Ayastefanos qal'alarini qamrab oldi.

Aprel oyiga kelib II Mehmed viloyat va sanjaklarga qo‘shinlarga qo‘shilish haqida xabar yubordi va 1453 - yilning 5 - apreli kuni osmoniy armiyasi II Mehmed boshchiligida Istanbul tomon harakat qildi. Shu jarayonda Akshemseddin, Akbiyik va Molla Guroniy kabi davrning muhim ulamolari ham Mehmed bilan birga bo‘ldi.

Sulton II Mehmed Anadolu va Halichni nazorat qilish bilan bir vaqtda Zaganos pasha Beyoglu'ni egallab, Galata tomon yurdi. Shu kuni II Mehmed Mahmut pashani elchi qilib Vizantiya imperatoriga yubordi ammo tinchlik taklifi qabul qilinmadi.

Istanbul qamali boshlandi

Sulton II Mehmed 1453 - yilning 6 - apreli kuni Istanbul qamalini boshladi. Osmoniy armiyasi shaharga quruqlik va dengizdan bosim otkazib, devorlarda teshiklar ochdi. Vizantiyaliklar bu vaqtda devorlarni ta'mirlab, turklarning shaharga kirishiga yo‘l qo‘ymadi.

Osmoniy flotining Vizantiyaga yordamga kelgan Genova va Venetsiya kemalarini to‘sib bo‘lmagani jangning ahvolini o‘zgartira boshladi. Halich bilan Karakoy orasiga tortilgan zanjir sababli osmoniy flotining Halichga kira olmasligi jangning yo‘nalishini osmoniylar zarariga burdi.

Bu holatga javoban Sulton II Mehmed 21 - apreldan 22 - aprelga o‘tar kechasi 72 ta harbiy kemani quruq yo‘l orqali ko‘chirib Halichga tushirilishini buyurdi. Dolmabaxche orqali Halichga tushirilgan kemalar bilan jangning borishi o‘zgarib bordi. Bir tun ichida Halichga tushirilgan flot 22 - aprel kuni Halichdan o‘t ochdi. Vizantiyaliklar ko‘rib hayratga tushib, kemalarning Halichga tushirilishiga ishonishmadi.

Sulton Mehmed so‘nggi katta hujumdan oldin 24 - mayda Isfendiyaro‘g‘lu Kasim Beyni elchi sifatida imperatorga yuborib, shaharni topshirishni so‘radi ammo kelishuvga erishilmadi.

Kemalarning Halichga tushirilishi bilan jangning ahvoli osmoniylar foydasiga o‘zgardi; Mehmed 29 - mayda katta taarruz uchun buyrug‘ berdi. 29 - may kuni tong saharlab boshlangan hujum bilan devorlar oshib o‘tildi.

1453 - yilning 29 - mayi kuni darvozasi ochilgan Istanbul, Sulton II Mehmed boshchiligidagi osmoniy qo‘shinlari tomonidan fath etildi.

Payg‘ambarimizning madhiga sazovor bo‘lib "Fatih" laqabini olgan Sulton II Mehmed shaharni katta bag‘rikenglik bilan talon - toroj qilinmasligini ta'minladi va fath ramzi sifatida Ayasofiyani cherkovdan jome’ masjidiga aylantirdi.

Istanbulning fathi dunyo tarixi nuqtai nazaridan burilish ramzi bo‘ldi

Tarixchi va yozuvchi Zafer Bilgi, Istanbul fathining ahamiyatiga oid fikrlarida uning shunchaki bir shaharni egallash emas, balki dunyo tarixi uchun bir burilish belgisi ekanini ta'kidlagan holda Fatih Sultan Mehmed bu fathga hayot - mamot masalasi sifatida qaraganini qayd etdi.

Istanbul qamalida osmoniylarning qo‘llagan harbiy usullari o‘z davridan ancha oldinda ekanidan dalolat berishi haqida gapirgan Bilgi, qo‘llangan turli harbiy strategiyalar, kemalarni quruqlik yo‘li orqali ko‘chirish, g‘ildirakli minoralar, Rumeli Hisarining qurilishi, minachi askarlar bo‘linmasi orqali devor ostidan o‘tib kirishga urinish kabi zamondan tashqari ko‘rinadigan usullar qamaldan muvaffaqiyatli natija olishga sabab bo‘lganini qayd etdi.

Bilgi mavzu haqida shuningdek: "Istanbul fathi ortidan Yevropada va xristian olamida, bundan buyon g‘arbning ustunligi sharqqa o‘tgan deb qaraldi; Sharq dunyosining Yevropaga hukmronlik qilish jarayoni boshlandi. Ayniqsa Yevropaning o‘z ichki tanqid va o‘zgarishlari orqali yuzaga kelgan Renessans va islohot jarayonlari Yevropani azob - uqubat ichida tug‘ilishiga asos yaratdi va fath bilan birga Yevropa o‘zidagi tiqilib qolganlikdan yangi bir tug‘ilish bosqichiga kirdi" - dedi.

Fath ortidan Istanbuldagi diniy, madaniy va ijtimoiy tuzilmalarning rivojlanishi boshlangani haqida gapirgan Bilgi, Mehmed shaharning bu sohalarda dunyoning eng ko‘zga ko‘ringan markaziy shaharlaridan biriga aylanishini maqsad qilganiga e’tibor qaratdi.

Bilgi, Fatihning davlatni jahonga nom qozongan bir davlatga aylantirishi va Oʻsmoniy imperiyasining asoschisi sifatida e'tirof etilishi Istanbul fathi bilan amalga oshganini ta'kidlab, bu hududda so‘nggi davrlarda tashkil topgan eng yirik davlat tuzilmasining Istanbulda paydo bo‘lganligi muhim ilhom manbai ekanini ta’kidladi.