DUNYO
2 daqiqa o'qish
Filippinda yana yer silkinishi qayd etildi
Filippinda bundan oldin qayd etilgan yer silkinishi 66 mingdan ortiq oilaga salbiy ta'sir ko‘rsatgandi.
Filippinda yana yer silkinishi qayd etildi
Filippinda kecha kechqurun yana 6.2 magnitudali yer silkinishi qayd etildi.

Tunov kuni ikki marta sodir bo‘lgan yer silkinishi ortidan Filippinda kecha kechqurun yana 6.2 magnitudali yer silkinishi qayd etildi.

Filippin Vulkanologiya va seysmologiya instituti (PHIVOLCS) ma’lumotlariga ko‘ra 6.2 magnitudali yer silkinishi Surigao del Surning Kagveyt qirg‘oqlari yaqinida, 10 kilometr chuqurlikda sodir bo‘lgan.

Voqea tunov kuni qayd etilgan ikki yer silkinishining epitsentri Davao shahri va unga yaqin hududlarda ham his qilingan. Natijada, oldingi yer silkinishi ta’siridan hali hanuz qutila olmagan aholi orasida xavotir uyg‘otdi.

Rasmiylar voqea oqibatida yuz berish ehtimoli bo‘lgan takroriy silkinishlar va voqea yetkazgan ziyonlarni baholash ishlarini olib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz mahalliy rasmiylar va ommaviy axborot vositalari ma’lumotlariga ko‘ra juma kuni Filippinning janubiy hududida bir necha soat farq bilan sodir bo‘lgan ikki kuchli yer silkinishi oqibatida 66 mingdan ortiq oila ziyon ko‘rgan.

Davao Oriental gubernatori Nelson Dayanghirang ABS - CBN telekanaliga shanba kuni bergan bayonotida taxminan 100 ta uy butunlay, 500 ga yaqin uy esa qisman ziyon ko‘rgan.

Mamlakatning eng ko‘p ziyon ko‘rgan hududi Davao Orientalda hukumat favqulodda holat e’lon qildi.

Milliy Tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va boshqarish kengashi ma’lumotlariga ko‘ra, uylari ziyon ko‘rgan yuzlab inson so‘ng xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilindi.

Kamida sakkiz kishi halok bo‘lgani aytilmoqda.

Mindanao mintaqasining janubiy qismida 7.4 magnitudali yer silkinishidan bir necha soat o‘tib yana 6.7 magnitudali ikkinchi yer silkinishi yuz berdi. Bu holat, keyinchalik bekor qilingan tsunami xavfini keltirib chiqardi va qirg‘oq hududlaridan insonlarning evakuatsiya qilinishiga yo‘l ochdi.

Rasmiylar infratuzilma va qishloq xo‘jaligiga yetkazilgan ziyon bo‘yicha hali hanuz to‘liq ma’lumot bo‘lishmadi.

Shanba kuni holatiga ko‘ra 800 dan ortiq takroriy yer silkinishi qayd etilgan. Shuningdek, Davao Oriental qirg‘oqlaridan uzoq nuqtalarida yana 5.8 magnitudali bir yer silkinishi sodir bo‘lgan.

 

Boxabar bo'ling!
Isroilning diaspora ishlari vaziri Chikli: Makron bizning orqamizdan pichoqladi
BMT Xavfsizlik Kengashi Pokiston shimoli-g‘arbidagi halokatli terror hujumini qoraladi
Eron bosh muzokarachisi AQSHni “teatr diplomatiyasi”da aybladi
Rossiya havo mudofaasi insonsiz havo transportlari hujumini qaytardi
Zelenskiy: «Havo mudofaasi uchun yetkazib berilgan raketalar soni kamaydi».
Rossiyaning raketa va dron hujumlari Kiyev atrofida 14 kishining o‘limiga sabab bo‘ldi
Sun’iy intellekt xakerlarga ustunlik bermoqda: O‘zimizni qanday himoya qilamiz?
Afg‘onistonda bolalar ocharchilik xavfi ostida
Ukraina Prezidenti Zelenskiy Rossiyaga qarshi yangi operatsiyalarni ma’qulladi
Vashingtondagi o‘rmon yong‘inlari davom etmoqda
Venesuelada yuz bergan yer silkinishida halok bo‘lganlar soni ortdi
Gazprom: Yevropadagi gaz omborlarida yuzaga kelgan taqchillik ta’minot uchun xavf tug‘dirmoqda
Rosatom: Qora dengizda dron hujumiga uchragan konteyner kemasi cho‘kdi
Moskvada yuz bergan portlashda uch kishi halok bo'ldi
Gretsiyadagi o‘rmon yong‘inlarida halok bo‘lgan o‘t o‘chiruvchilar soni uch nafarga yetdi
Yaponiyadagi zilzilada 30 kishi halok bo‘ldi, qidiruvlar davom etmoqda
Yaponiyada 7,1 magnitudali zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 13 nafarga yetdi
Putin: Rossiya o‘z maqsadlariga erishish uchun barcha imkoniyatlarni ishga soladi
Janubiy Kore Shimoliy Kore va Rossiya o‘rtasidagi harbiy hamkorlikni yaqindan kuzatmoqda
Pokiston shimoli-g‘arbidagi politsiya nazorat punktiga hujumda 15 kishi halok bo‘ldi