Turkiyaning MRT mintaqada tinchlik o‘rnatish uchun faol ish olib bormoqda

Turkiya Respublikasi Milliy Razvedka Tashkiloti (MRT), AQSh bilan Eron o‘rtasidagi keskinlikni kamaytirishga yordam berish uchun faol ish olib bormoqda.

By
_

Turkiya xavfsizlik manbalariga ko‘ra Turkiya Respublikasi Milliy Razvedka Tashkiloti (MRT) AQSh bilan Eron o‘rtasidagi keskinlikni kamaytirishga yordam berish uchun parda ortida faol ish olib borgan. Bu holat Anqaraning mintaqada tinchlik o‘rnatish uchun qay darajada faol ish olib borayotganidan dalolat bermoqda.

Manbalarga ko‘ra MRT ehtimoliy sulhni osonlashtirish va mojaroning yanada kuchayib ketishini oldini olish maqsadida Prezidentlik topshiriqlari asosida bir nechta davlat idoralari bilan yaqin hamkorlikda ishlagan.

To‘qnashuvlar kuchayishidan oldin, tashkilot, urush boshlanishining oldini olish uchun barcha tomonlar bilan faol diplomatik aloqalar yuritgan. Mojaro boshlanishi ortidan esa MRT har ikki tomon bilan muloqot o‘rnatish imkoniyatidan foydalangan holda ochiq aloqa kanallarini ta’minlagan.

Turkiya rasmiylari, razvedka tashkiloti, asosan mojaroning mintaqaga yoyilib ketishini oldini olish; tomonlar o‘rtasidagi tushunmovchiliklarni kamaytirish va keskinlikni pasaytirishga qaratilgan xabarlarni yetkazishga e’tibor qaratganini ta’kidladi.

MRT mojaroning asosiy ishtirokchilari bilan bir qatorda Iroq, Pokiston, Qatar, Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni, Quvayt, Misr, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya va Italiya kabi davlatlar bilan ham muzokaralar olib borib; Turkiyaning mintaqaviy xavfsizlik tizimidagi markaziy o‘rnini yana bir bor namoyon etdi.

Manbalar, shuningdek, MRT Eron tomonidagi tegishli rasmiylar; jumladan, Inqilobiy gvardiya bilan bog‘liq rasmiylar bilan ham yaqin aloqalarni davom ettirgani va mojaroni tugatishga qaratilgan taklif hamda xabarlarni yetkazganini bildirdi.

O‘rtamchilik sa’y - harakatlari bilan bir qatorda tashkilot Anqaraning keng ko‘lamli inqiroz boshqaruvi yondashuvini aks ettirgan holda mojaro hududlaridan evakuatsiya va insonparvarlik muvofiqlashtiruvi bo‘yicha kelib tushgan talablarni ham qondirishga harakat qilgan.

Turkiya rasmiylari, shuningdek, MRT Erondagi beqarorlik kengroq etnik keskinliklarni qo‘zg‘atib yubormasligi yoki Turkiyaning ichki xavfsizlik ustuvorliklariga putur yetkazmasligi uchun ham choralar ko‘rganini ta’kidladi.