Turkiya Kipr turklarini hech qachon yolg‘iz tashlab qo'ymaydi

"Turkiya Shimoliy Kipr Turk Respublikasini qo‘llab-quvvatlaydi",-deydi Turkiya TIV rahbari.

By
Turkish Foreign Minister Hakan Fidan visits Helsinki

Fidan ijtimoiy tarmoqdagi bayonotida, katta fidoyiliklar va mashaqqatli kurashlar evaziga qurilgan ShKTRning 42 yilligini tabrikladi.
U Kipr  masalasining  oroldagi real holatlarga asoslangan adolatli, barqaror va uzoq muddatli yechimga erishishining muhimligini ta’kidladi.

“Yechim oroldagi ikki davlatning yonma-yon mavjud bo‘lishidan o‘tadi”, — dedi Fidan.

Vazirning aytishicha, yechimning kaliti —  orolning  teng egasi bo‘lgan Kiprlik  Turk xalqining tug‘ma huquqlari, ya’ni suveren tengligi va teng xalqaro maqomining tan olinishi.

Turkiya onavatan va kafolatlovchi davlat sifatida ShKTR bilan o‘zining mustahkam aloqalarini davom ettirishini bildirgan Fidan, quyidagicha yakunladi:
“Biz har doim Shimoliy Kipr Turk Respublikasi bilan  mustahkam  rishtalarimizni davom ettiramiz va Kiprlik  Turklarning yonida turishda davom etamiz.”