Vengriya Bosh vaziri Vashington bilan “moliyaviy qalqon” kelishuvi tuzilganini aytdi

Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban, mamlakatga yoki uning moliya tizimiga tashqaridan hujum bo‘lishi holatida Vengriya iqtisodiyotini himoya qiluvchi “moliyaviy qalqon” yaratish bo‘yicha AQSh Prezidenti Donald Tramp bilan kelishuvga erishganini bildir

By
Hungary's economy has stagnated for the past three years following an inflationary surge after Russia's 2022 invasion of neighbouring Ukraine

Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban, AQSh Prezidenti Donald Tramp bilan muzokaralardan so‘ng mamlakat iqtisodiyoti va davlat moliyasini himoya qiluvchi “moliyaviy qalqon” bo‘yicha Vashington bilan kelishuvga erishganini ma’lum qildi.

Trampning uzoq yillik ittifoqchisi bo‘lgan Orban juma kuni Oq uyda AQSh Prezidenti bilan uchrashib, Rossiya neft va tabiiy gaziga nisbatan qo‘llanilgan AQSh sanksiyalaridan vaqtinchalik ozodlik so‘radi va bir yillik imtiyoz oldi.

Oq uy vakilining so‘zlariga ko‘ra, Vengriya, shuningdek, AQShdan taxminan 600 million dollarlik shartnomalar asosida suyultirilgan tabiiy gaz xarid qilish majburiyatini olgan.

Orban, uchrashuvdan keyin mamlakatiga qaytayotganda samolyot bortidagi jurnalistlarga:
“Biz AQSh Prezidenti bilan iqtisodimizni himoya qiladigan moliyaviy qalqon bo‘yicha ham kelishdik,” — dedi.
Index.hu nashri bu bayonotni yakshanba kuni e’lon qilingan videoda tasdiqladi.

Orban shunday dedi:
“Amerikaliklar mamlakatimizga yoki moliyaviy tizimimizga qarshi har qanday tashqi hujum bo‘lsa, Vengriya moliyaviy barqarorligini himoya qilishga va’da berishdi.”

“Buni unutish kerak”

2010 yildan beri hokimiyatda bo‘lgan Orban, qonun ustuvorligi bo‘yicha islohotlari sababli Vengriyaga ajratilgan milliardlab yevrolik Yevropa Ittifoqi mablag‘lari muzlatib qo‘yilganidan so‘ng, Bryusselga nisbatan tobora tanqidiy pozitsiyani egallamoqda.

Siyosiy tahlilchilar fikricha, kelasi yilgi saylovlar qizg‘in kechishi kutilmoqda. Orban Tramp bilan tuzilgan kelishuvning tafsilotlarini ochiqlamadi, biroq bu Vengriya moliyaviy muammolarga duch kelmasligini anglatishini aytdi.

Orban so‘zlarini davom ettirib dedi:
“Vengriya yoki uning valyutasi hujumga uchrashi, byudjetimiz inqirozga yuz tutishi yoki iqtisodiyotimiz moliyaviy jihatdan bo‘g‘ilishi mumkin degan fikr endi unutilishi kerak.”

Vengriya iqtisodiyoti 2022 yilda Rossiyaning qo‘shni Ukraina ustiga bostirib kirishidan keyin keskin oshgan inflyatsiya ortidan so‘nggi uch yil davomida sustlashgan, bu esa davlat moliyasiga bosimni kuchaytirgan.

Shunga qaramay, Orban 2010 yilda hokimiyat tepasiga kelganidan beri ancha qadrsizlangan forint joriy yilda Markaziy Yevropa valyutalari orasida eng ko‘p qadrlangan pul birligiga aylandi. Mutaxassislarning fikricha, bu o‘sish Yevropa Ittifoqidagi eng yuqori asosiy foiz stavkasi bilan qo‘llab-quvvatlanmoqda.