Shveytsariyadagi chang‘i markazlaridan birida portlash qayd etildi

Shveytsariyadagi chang‘i markazlaridan birida portlash qayd etilar ekan, unda, bir necha kishi halok boʻlgani aytilmoqda.

By
_

BBC - ning Shveysariya politsiyasiga tayanib bergan xabariga ko‘ra, Shveysariyaning Crans - Montana changʻi markazidagi bir barda sodir bo‘lgan portlash oqibatida bir necha kishi halok boʻlgan. Ular soni hali hanuz noaniq ammo halok boʻlganlardan tashqari koʻpchilik tan jarohati olgan.

Politsiyaning BBC - ga bergan bayonotida aytilishicha, portlash «Constellation» deb nomlangan barda mahalliy vaqt bilan soat 01:30 da (GMT bo‘yicha 00:30) qayd etilgan.

Shveysariyaning mahalliy ommaviy axborot vositalari Valais kantoni politsiyasiga tayanib, portlash ortidan yong‘in kelib chiqqani va favqulodda xizmatlar voqea joyiga yuborilganini xabar qildi.

Rasmiylar portlash sabablari o‘rganilayotgani, hozircha qo‘shimcha tafsilotlar yoʻqligini bildirdi.