Isroil G‘azoga qarshi yana hujum uyushtirdi

Isroil armiyasi 2025 - yilning oktabr oyida kuchga kirgan o‘t ochishni to‘xtatish kelishuviga qaramay G‘azoga qarshi hujum uyushtirishni davom etmoqda.

By
_

Isroil kuchlari 2025 - yilning oktabr oyida kuchga kirgan o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvini yana bir bor buzib, shanba kuni ertalab (10.01.2026) G‘azoning bir nechta hududiga qarshi hujumlar uyushtirdi.

Mahalliy manbalarga ko‘ra Isroil artilleriyasi G‘azo shahrining sharqiy qismlarini nishonga olgan. Ushbu hududlar o‘q uzishni to‘xtatish kelishuvi doirasida Isroil nazoratida hisoblanadi.

Xuddi shu manbalar Isroilning harbiy samolyotlari G‘azo shimolidagi bir nuqtani bombardimon qilgani, harbiy vertolyot Jabaliya shaharchasining sharqiy hududlariga qarshi o‘q uzganini ma’lum qildi.

G‘azoning janubida esa Isroil harbiy - havo kuchlari Rafoh shahriga qarshi havo hujumi uyushtirdi, Isroil harbiy texnikalari esa shaharning shimoliy hududlariga qarshi o‘q uzdi. Rafoh hozirda to‘liq Isroil nazorati ostida.

2023 - yilning oktabr oyidan beri Isroil armiyasi qamal ostidagi hududga qarshi olib borgan vayronkor hujumlari natijasida ko‘pchiligi ayollar va bolalardan iborat 71 ming 400 nafardan ortiq falastinlik umriga zomin bo‘ldi, 171 ming nafardan ortiq inson esa tan jarohati oldi.

Falastin Sog‘liqni Saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi imzolanganidan buyon Isroil falastinlik 424 kishini o‘ldirar ekan, 1 ming 189 kishiga esa tan jarohati yetkazgan.