AQSh Ukrainaga yana qurol - yaroq jo‘natmoqchi

AQSh Prezidenti Donald Tramp urushdan vayron bo‘lgan Ukrainaga Rossiya hujumlaridan o‘zini himoya qilishi uchun yana qo‘shimcha qurol jo‘natishlarini bildirdi.

Dushanba kuni Oq uyda jurnalistlar bilan suhbatda Tramp, Ukraina Rossiyaning og‘ir zarbalariga ma’ruz qolgani va oʻzini himoya qila olishi kerakligini ifoda etgan holda yana mudofaa qurollari yuborishini qayd etdi.

Tramp juma kuni jurnalistlarga bergan bayonotida, Ukraina o‘zini himoya qilish uchun Patriot raketalariga muhtoj bo‘lishiga e’tibor qaratgandi ammo u dushanba kuni bu masalaga aniq to‘xtalmagan.

AQSh Prezidenti Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan kechki ovqat oldidan: «Yana – da ko‘proq qurol jo‘natamiz. Biz bunga majburmiz. O‘zlarini himoya qila olishlari kerak. Hozirda juda qattiq zarba olmoqdalar. Shuning uchun majburmiz, asossan, mudofaa qurolari», - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putinning urushni to‘xtatmaganidan hafsalasi pir bo‘lganini o‘z so‘ziga ilova etgan Tramp: «Bu vaziyatdan xursand emasman», - dedi.

Osmonni himoya qilish

Juma kuni Tramp bilan telefon orqali bo‘lib o‘tgan suhbati ortidan Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy, Kiyev, o‘smonni himoya qilish salohiyatini oshirish uchun AQSh bilan hamkorlik qilishga kelishib olganliklarini bildirdi. Zelenskiy Tramp bilan birgalikda mudofaa ishlab chiqarish, xaridlar va sarmoyalarni muhokama qilganini qayd etdi.

Ukraina avj olgan rus hujumlarining oldini olish uchun Vashingtondan ko‘proq Patriot raketalari va tizimlarini sotishni talab qilmoqda.

Vashingtonning Ukrainaga ba’zi qurol – yaroqlar yetkazib berishni to‘xtatish haqidagi qarori, Kiyevning, Rossiya havo hujumlari va jang maydonidagi oldinga siljishidan himoyalanish qobiliyati zaiflashishi haqida ogohlantirishlarga turtki bo‘ldi. Germaniya Ukraina uchun Patriot havo mudofaa tizimlarini sotib olish bo‘yicha muzokaralar olib borayotganini bildirdi.