Hamas AQSh iddaolarini rad etdi

Hamas AQSh iddaolarini Isroil propagandasi sifatida baholab, uni rad etdi.

Hamas AQSh iddaolarini Isroil propagandasi sifatida baholadi.

Falastin qarshilik harakati Hamas bugun AQSh Davlat departamenti tomonidan falastinliklarga ziyon yetkazish va G‘azodagi otashksim qoidalarini paymol qilish bilan ayblagan bayonotlarini rad etdi.

Hamas Telegram orqali mavzu haqida bergan bayonotida: «Bu yolg‘on ayblovlar Isroilning chalg‘ituvchi propagandasiga toʻliq mos keladi va (Isroil) ishg‘olining xalqimizga qarshi davom etayotgan jinoyatlari hamda hujumlariga xizmat qiladi», - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Guruh, Isroil armiyasini Gʻazodagi tinch aholini nishonga olgan vahshiylikka qo‘l urgan jinoyat to‘dalarini qurollantirish va moliyaviy jihatdan yordam berishda aybladi.