Turkiya mintaqaviy nizo sababli Yaqin Sharqdagi ba'zi davlatlarga parvoz cheklovlarini uzaytirdi

Turkiya Transport vaziri Eron, AQSH va Isroil o‘rtasidagi nizo sababli Yaqin Sharqqa parvozlarni 9-martgacha to'xtatishga qaror qildi.

By
Turkiya mintaqaviy mojaro fonida bir qator Yaqin Sharq mamlakatlariga parvozlar toʻxtatilishini uzaytiradi. / Reuters

Turkiya Respublikasi Transport vaziri, Eron hamda AQSH va Isroil o'rtasidagi davom etayotgan nizo bilan bog'liq ortib borayotgan xavfsizlik tahdidlari tufayli Yaqin Sharqdagi ba'zi yo'nalishlarga amalga oshiriladigan parvozlar 9-martga qadar to'xtatilganini ma'lum qildi.

Abdulkadir Uralo’g'lu juma kuni Turkiyaning NSosyal ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida qilgan chiqishida, mutasaddilar mintaqaviy havo hududidagi o'zgarishlarni diqqat bilan kuzatib borayotganini bildirib, Eron, Isroil, Iroq, Qatar, Bahrayn, Quvayt va Suriyada (Halabdan tashqari) havo yo'llari yopiq qolayotganini qayd etdi.

Vazir Ummon, Iordaniya va Saudiya Arabistonida parvozlar qisman davom etayotganini, Birlashgan Arab Amirliklarida esa havo qatnovi nazorat ostida va cheklangan tarzda olib borilayotganini bildirdi.

Transport vaziri xavfsizlik xavotirlari sababli turk aviakompaniyalari bundan avval Eron, Iroq, Suriya, Livan va Iordaniya parvozlarini 6-martga qadar to'xtatganini; biroq bugungi kunda THY, AJet, Pegasus va SunExpress tomonidan ushbu davlatlarga parvozlar 9-mart kun yakuniga qadar to'xtatilganini ifoda etdi.

Uralo’g'lu: “Shuningdek, Eron reyslari doirasida Pegasus aviakompaniyasi 12-martga, Turk Havo Yo'llari esa 20-martga qadar ushbu davlatga bo'lgan parvozlarini jadvaldan chiqardi”, deya ta'kidladi.

Vazir havo hududlaridagi o'zgarishlar yuzasidan kundalik baholashlar doirasida Qatar, Quvayt, Bahrayn va Birlashgan Arab Amirliklari (BAE) parvozlari juma kuni amalga oshirilmasligini bildirdi. Shuningdek, Istanbul aeroportida Iroq aviyo'llariga tegishli 4 ta, Mug'la Dalaman aeroportida 2 ta va Anqara Esenbo’g'a aeroportida 1 ta samolyot kutish holatida ekanini ma'lum qildi.

Uralo’g'lu Tehron aeroportida Turk Havo Yo'llari va Pegasusga tegishli ikkita samolyot borligini, Iroqda esa Tailwind Airlines'dan ijaraga olingan bitta uchaq mavjudligini aytdi.

Boshqa tomondan, vazir Naxchivon xalqaro aeroportidagi dron hodisasidan so'ng Ozarbayjon aviyo'llariga tegishli ikkita yo'lovchi ucho'g'i yo'nalishidan chiqarilib, Igdir aeroportiga qo'ndirilganini; yo'lovchilar u yerdan quruqlik yo'li orqali xavfsiz tarzda Naxchivonga o'tkazilganini ma'lum qildi.

Uralo’g'lu: “Mintaqadagi o'zgarishlar tegishli bo'limlarimiz tomonidan diqqat bilan kuzatilmoqda hamda havo hududi va aeroportlarda yuz berishi mumkin bo'lgan o'zgarishlarga muvofiq ishlar davom ettirilmoqda”, deya qo'shimcha qildi.