Islom va Arab davlatlari Eron hujumlarini qoraladi

Riyodda uyushtirilgan tashqi ishlar vazirlarining yig'ilishida, Islom va Arab davlatlari Eronni hujumlarni darhol to‘xtatishga va xalqaro huquqqa rioya qilishga chaqirdi.

By
_

Arab va Islom davlatlari Eronning “qasddan” ballistik raketa va insonsiz havo transportlari orqali uyushtirgan hujumlarini keskin tanqid qildi; umumiy bayonotda hujumlarning darhol to‘xtatilishi va xalqaro huquqqa rioya qilinishi kerakligi qayd etildi.

Turkiya, Ozarbayjon, Bahrayn, Misr, Iordaniya, Quvayt, Livan, Pokiston, Qatar, Saudiya Arabistoni, Suriya va Birlashgan Arab Amirliklari Tashqi Ishlar vazirlari 18 - mart kuni Riyodda oxirgi Eron hujumlari va mintaqada avj olgan taranglikni muhokama qilish uchun yig‘ilish o‘tkazdi.

Vazirlar, nomi tilga olingan hujumlar qo‘shni davlatlardagi harbiy bo‘lmagan hududlar bilan infratuzilmani nishonga olgani, bunday harakatlar hech qanday sharoitda oqlanmasligini ta’kidladi.

Davlatlar, BMT Nizomining 51 - moddasi asosida o‘zlarini himoya qilish huquqiga ega ekanini tasdiqlagan vazirlar; Eronni hujumlarini to‘xtatishga va taranglikni kamaytirish uchun diplomatiyaga alohida e’tibor berishga chaqirdi.

Vazirlar shuningdek, Eronni Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi xalqaro harakatlanish va Babulmandabdagi dengiz xavfsizligini tahdid qilishdan tiyilishga, Arab davlatlaridagi bog‘liq militsiya guruhlariga yordam berish, moliyaviy ko‘mak va qurol yetkazib berishni to‘xtatishga chaqirdi.

Livan mustaqilligi, barqarorligi va hududiy yaxlitligi tarafdori ekanliklarini yana bir bor tasdiqlagan vazirlar; qurollarning faqat davlat nazoratida bo‘lishini ta’minlashga qaratilgan sa’y - harakatlarni qo‘llab - quvvatlashlarini bildirdi. Shuningdek, ular Isroilning Livanga qarshi uyushtirgan hujumlari va mintaqadagi kengayuvchan siyosatini qoraladi.