Arakchi: Tehron AQSh dengiz kuchlari unsurlaridan qo‘rqmaydi
Abbos Arakchi, Tehron, AQSh bosimiga qarshi o‘zini himoya qilishga tayyor ekanini bildirdi.
Arakchi yakshanba kuni (08.02.2026) Vashingtonni tanqid qilib, Tehron mintaqaga yaqinda joylashtirilgan AQSh dengiz kuchlari unsurlaridan qo‘rqmasligini bildirdi.
Tehronda bo‘lib o‘tgan forumda nutq so‘zlagan Tashqi Ishlar vaziri Abbos Arakchi, AQShning kuchayib borayotgan harbiy va diplomatik bosimiga qaramay Eron o‘zining yadro maqsadlaridan, ayniqsa uranni boyitish dasturidan voz kechish niyatida emasligini bildirdi.
Vazirning bayonotlari AQSh Prezidenti Donald Trampning maxsus vakili Steve Vitkoff bilan Ummonda o‘tkazilgan yuqori darajadagi uchrashuvdan atigi ikki kun o‘tib qayd etildi.
Bilvosita muzokaralardan so‘ng Vitkoff Amerika harbiy kuchlari jamlanmasining bir qismi sifatida mintaqada joylashgan USS Abraham Lincoln aviatsiya tashuvchi kemasiga tashrif buyurdi.
Arakchi esa dengiz manevrlarini samarasiz deb baholab: «Ularning mintaqadagi harbiy joylashuvi bizni qo‘rqitmaydi», - dedi. Bunga qo‘shimcha ravishda esa, yadro dasturini muzokara mavzusi emas, balki milliy mustaqillik masalasi deb bagoladi.
“Hech kim bizga buyruq bera olmaydi”
Arakchi Tehron o‘zining yadroviy infratuzilmasini himoya qilish uchun qurolli mojaro ham bo‘lsa, eng keskin oqibatlarga tayyor ekanini ifoda etgan holda mamlakat tinchlik tusdagi yadro dasturi uchun allaqachon og‘ir badallar to‘laganini ta’kidladi va bundan buyon ortga chekinmasliklarini bildirdi.
Arakchi: «Nega biz boyitish masalasida shunchalik qat’iymiz va hatto urushga qaramay bundan voz kechmaymiz? Chunki hech kim bizga qanday yo‘l tutishimizni o‘rgata olmaydi», - dedi.
AQSh 2018 - yili Qo‘shma Keng ko‘lamli harakatlar rejasi tarkibidan (JCPOA) chiqdi va bu holat “maksimal bosim” kampaniyasini boshlatgan holda 2015 - yili Tehron bilan imzolangan muhim kelishuvni amalda yakuniga yetkazdi.
O‘tgan 2025 - yilning iyun oyida Isroil Eron hududiga qarshi hujum uyushtirdi va 12 kunlik urushga sabab bo‘lishi bilan keskinlik yanada kuchaydi; shu bilan birga AQSh bombardimonchi samolyotlari «Midnight Hammer amaliyoti» doirasida Eronning yadro obyektlarini nishonga oldi.