G‘azo tinchligi uchun tashlanuvchi qadamlar Turkiya uchun muhimdir
Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an G‘azo tinchligi uchun tashlangan va tashlanuvchi qadamlarning ahamiyatiga e'tibor qaratdi.
Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Braziliya Prezidenti Luiz Inasio Lula da Silva bilan telefon orqali bo‘lib o‘tgan muloqotda Turkiya G‘azoda tinchlikni o‘rnatishga qaratilgan har qanday tashabbusni muhim deb bilishini qayd etgan holda, Braziliya, Isroilning G‘azodagi genotsidini jimjirt tomosha qilmaganidan mamnun ekanini bildirdi.
Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi chorshanba kuni mavzu haqida NSosyal ijtimoiy tarmog‘ida bergan bayonotida Erdo‘g‘an bilan Lula da Silva telefon orqali suhbat o‘tkazib, unda; ikki tomonlama, mintaqaviy va global masalalarni muhokama qilganini ma’lum qildi.
Erdo‘g‘an Anqara G‘azodagi gumanitar falokatni to‘xtatish, tinchlikni ta’minlash va Falastin hududlarini qayta tiklash yo‘lida ish olib borishda davom etishini ta’kidladi. Turkiya prezidenti shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni ko‘plab sohalarda rivojlantirish uchun o‘z faoliyatini davom etishlarini o‘z so‘ziga ilova etdi.
Isroil 2023 - yilning oktabr oyidan beri mintaqada olib borayotgan genotsid urushi davomida 71 ming nafardan ortiq falastinlik umriga, 171 ming nafardan ortiq insonning esa sog‘ligiga zomin bo‘ldi. Bunga qo‘shimcha ravishda G‘azoning harbiy bo‘lmagan infratuzilmasining qariyb 90 foizini yer bilan yakson qildi. G‘azoni nishonga olgan oxirgi hujumlari oqibatida esa yana bir bor o‘t ochishni to‘xtatish qoidasini buzar ekan, kamida falastinlik yana 11 kishini o‘ldirdi. Ular orasida uch nafar jurnalist, ayol kishilar va bolalarni o‘ldirdi.
Isroil kuchlari G‘azoning janubiy va sharqiy bufer hududlari, shuningdek shimoliy qismining yirik qismini ishg‘ol qilishda davom etish orqali ushbu hududlarning 50 foizidan ortig‘ini o‘z nazoratida ushlab turibdi. O‘tgan 2025 - yilning 10 - oktabri kuni o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi kuchga kirganidan beri Isroil hujumlari oqibatida yana 483 nafar falastinlik halok bo‘ldi, 1 ming 287 nafar falastinlik esa tan jarohati oldi. Shu davrda Isroil og‘ir sharoitlarda yashayotgan qariyb 2,4 million falastinlik istiqomat qilayotgan G‘azoga oziq - ovqat, boshpana materiallari va tibbiy yordam kirishini keskin ravishda cheklab kelmoqda.