Keniyada kichik bir samolyot quladi va ichida 12 kishi borligi aytilmoqda

Bugun Keniyada qulagan kichik samolyot ichida 12 kishi borligi, ularning hammasi halok bo‘lgan bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.

_

Keniya fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi (KCAA), Keniya sohilidan uchib ketayotgan kichik samolyot halokatga uchragani va undagi 12 kishining barchasi halok bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi.

Nomi tilga olingan kichik samolyot sayyohlar e’tiborini o‘ziga jalb etgan Diani sohilidan Maasai Mara milliy bog‘idagi Kichwa Tembo aerodromi tomon yo‘l olgan paytda, seshanba kuni (28.10.2025) mahalliy vaqt bilan soat 5:30 da (0230 GMT) quladi.

Keniya fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi (KCAA), mavzu haqida bergan bayonotida: «Samolyotda 12 kishi bor edi», - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Bayonotda batafsil ma’lumot berilmas ekan, halokatning kelib chiqish sababini aniqlash uchun hukumatning tegishli muassasa vakillari voqea joyida ekanini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz joriy yilning avgust oyida, tibbiy yordam tashkiloti Amrefga oid yengil samolyotlardan biri poytaxt Nairobi etaklarida qulagan. Oqibatida olti kishi halok bo‘lar ekan, ikki kishi tan jarohati olgandi.