G‘azoda o‘ldirilgan jurnalistlar soni 256 nafarga yetdi

Isroil tomonidan G‘azoda o‘ldirilgan jurnalistlar soni falastinlik jurnalist Muhammad al – Munarraviy voqeasi bilan 256 nafarga yetdi.

_

AQSh tomonidan qo‘llab - quvvatlangan G‘azodagi otashkesimga qaramay Isroil kecha (28.10.2025) Nusayrat qochqinlar lageriga qarshi havo hujumi uyushtirdi. Oqibatida Falastin gazetasida ishlayotgan falastinlik jurnalist Muhammad al - Munarraviy halok bo‘ldi.

G‘azo hukumati matbuot xizmati, al - Munarraviyning o‘limi bilan 2023 - yilning oktabridan beri halok bo‘lgan falastinlik jurnalistlar soni 256 nafarga yetganini ma’lum qildi. Yana matbuot xizmati, Isroil armiyasining falastinlik jurnalistlarni qasddan va tizimli ravishda nishonga olishi va o‘ldirishini keskin qoraladi.

Bayonotda xalqaro hamjamiyat va ommaviy axborot vositalaridan Isroil ishg‘olini qoralash, cheklash va javobga tortish; urush jinoyatchilarining javobgarchilikka tortilishini ta’minlashga chaqirdi. G‘azo hukumati matbuot xizmati shuningdek genotsidga chek qo‘yish, G‘azodagi jurnalistlar va ommaviy axborot vositalari xodimlarini himoya qilish hamda davom etayotgan qotillik bilan suiqasd jinoyatlarini to‘xtatish uchun jiddiy va samarali bosim o‘tkazishni talab qildi.

Falastinlik rasmiylarining soʻzlariga koʻra kecha (28.10.2025) kechqurun Isroil armiyasi 10 -oktabrdan beri amalda bo‘lgan otashkesimga qaramay G‘azo bo‘ylab 100 nafardan ortiq falastinlik umriga zomin boʻldi. Ulardan 35 nafari yosh bola.

Isroilning Gʻazoga qarshi uyushtirgan genotsid tusdagi hujumlari oqibatida 2023 - yilning oktabridan beri 68 ming 500 nafardan ortiq inson halok boʻldi, 170 ming nafardan ortiq inson esa tan jarohati oldi.