AQSh BMT Xavfsizlik Kengashiga G'azo bo'yicha taklifini taqdim etdi
Taklifda Xalqaro xavfsizlik kuchlariga G'azoda sulhni kuzatish va AQSh prezidenti Donald Trampning 20 banddan iborat tinchlik rejasini qo'llab-quvvatlash uchun ruxsat berish so'ralgan.
Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) Prezidenti Donald Trampning 20 bandlik G'azo tinchlik rejasini amalga oshirishga qaratilgan va “Xalqaro Barqarorlik Kuchlari”ni (ISF) tasdiqlovchi BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyasi loyihasini hamkor mamlakatlarga taqdim etganini ma’lum qildi.
AQSh missiyasi matbuot kotibi chorshanba kuni bergan bayonotida, AQSh elchisi Mayk Valtz ushbu loyihani Kengashning 10 saylangan a’zosi hamda Turkiya, Misr, Qatar, Birlashgan Arab Amirliklari va Saudiya Arabistoni kabi mintaqaviy hamkorlar bilan bo‘lishganini bildirdi.
Hozircha loyihani ovozga qo‘yish sanasi belgilanmagan.
AQSh bayonotida aytilishicha, rezolyutsiya Trampning 20 bandlik rejasida ko‘zda tutilgan va uning rahbarligida tuziladigan vaqtinchalik boshqaruv organi — “Tinchlik Kengashi”ni mamnuniyat bilan qarshi oladi.
Shuningdek, loyiha “Xalqaro Barqarorlik Kuchlari”ni (ISF) vakolatlashni ham o‘z ichiga oladi.
Diplomatik manbalarga ko‘ra, bir necha mamlakat ISFga qo‘shilish istagini bildirgan, biroq Falastin hududiga qo‘shin yuborishdan oldin Xavfsizlik Kengashining bu boradagi rasmiy qarorini kutmoqda.
AQSh matbuot kotibi: “Qo‘shma Shtatlar Prezidenti Trampning dadil rahbarligi bilan BMTda so‘z emas, natija ko‘rsatadi,” dedi.
Xalqaro kuchlar tuzilishi Isroil va Hamas o‘rtasida 10-oktabrda imzolangan o‘t ochishni to‘xtatish bitimining muhim bandi hisoblanadi.
Bitimga ko‘ra, harbiylar asosan arab va musulmon mamlakatlaridan tanlanadi hamda Isroil armiyasi chiqib ketayotgan paytda Gazzadagi xavfsizlikni nazorat qilish uchun joylashtiriladi.
AQSh vakili qo‘shimcha qildi: “Tomonlar o‘nlab yillar davom etgan qon to‘kilishini to‘xtatish va AQSh Prezidentining Yaqin Sharqda barqaror tinchlik orzusini ro‘yobga chiqarish uchun bu tarixiy imkoniyatdan foydalandi.”