Eron hukumati mol-mulklarni musodara qiladi
Eron bosh prokuraturasi, AQSH va Isroil bilan hamkorlik qiluvchi chet eldagi Eron fuqarolarining barcha mulk va mablag‘larini musodara qiluvchi qonun mavjudligini bildirdi.
Eron bosh prokuraturasi, Vashington va Tel-Avivning Tehronga qarshi boshlagan urushi davrida, dushman taraflar bilan tili birlik qilganlikda ayblanuvchi chet eldagi fuqarolarning barcha moliyaviy manbalari tartibga olinishini e’lon qildi. Bosh prokuratura yakshanba kuni berilgan bayonotida, o‘tgan yil oktyabr oyida kuchga kirgan yangi qonunga tayandi. Ushbu qonunga ko‘ra, Isroil, AQSH yoki boshqa dushman davlatlar yoki guruhlar bilan har qanday hamkorlik qilganlik uchun "barcha mulklarni tartibga olish" va Islom jazo qonuni doirasida boshqa qonuniy jazolar ko‘zda tutilgan.
Press TV tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, qonunda shunday deyiladi: "Sionist (Isroil) rejimi, AQSH hukumati yoki boshqa dushman tuzumlar va guruhlar nomidan, yoki ularga bog‘liq elementlar orqali mamlakat xavfsizligiga qarshi qilingan har qanday harakat, 21-aprel 2013-yilda tasdiqlangan Islom jazo qonunining 19-moddasiga asosan, barcha mulklarni musodara qilgan holda o‘lim jazasini talab etadi."
Eron mulozimlarining ma’lumotiga ko‘ra, 28-fevral kuni AQSH va Isroil Eronga birlashgan hujum uyushtirganidan buyon, diniy rahbar Ali Xamaney ham daxl bo‘lgan 1200 dan ortiq kishi halok bo‘ldi va 10.000 dan ortiq kishi yaralandi. Tehron bunga javoban ko‘rfaz davlatlaridagi AQSH va Isroil harbiy nishongohlariga uchuvchi aparatlar va raketalar bilan zarba berdi. Shuningdek, Eron ekspertlar kengashi yakshanba kuni Mujtabo Xamaneyni mamlakatning yangi dini rahbari etib sayladi.