Ibrahim Kalin Istanbulda Hamas hay’atini qabul qildi
Istanbulda G‘azodagi otashkesim kelishuvining keyingi bosqichlarini yo‘lga qo‘yish ishlari muhokama qilindi.
Turkiya Milliy Razvedka Tashkiloti (MRT) raisi Ibrahim Kalin Istanbulda Hamas Siyosiy byurosi Muzokara qo‘mitasi rahbari Halil al - Hayya yetakchiligidagi hay’at bilan uchrashdi va unda G‘azodagi otashkesim kelishuvining keyingi bosqichlarini yo‘lga qo‘yish ishlari muhokama qilindi.
Xavfsizlik manbalariga ko‘ra kecha (05.11.2025) bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Hamas hay’ati Turkiyaga va xususan Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘anga, Anqaraning o‘rtamchlik sa’y - harakatlari bilan G‘azoda otashkesim kelishuvining kafolat ostiga olinishi hamda uning kuzatilishidagi roli uchun alohida minnatdorchilik bildiridi.
Hamas otashkesimga sodiqligini bildirdi
Hay’at otashkesim jarayonida Isroil tomonidan tez - tez takror etilgan qoidabuzarliklarga qaramay otashkesimga sodiq qolganini yana bir bor tasdiqladi. Har ikki tomon ham otashkesim jarayoni muammosiz davom etishi uchu kerakli choralarni qo‘lga olib, davom etayotgan muammolarni esa hal qilish yo‘llarini o‘rgandi.
Shuningdek, otashkesim rejasi doirasida keyingi bosqichlarni amalga oshirish bo‘yicha fikr almashildi. Uchrashuv davomida Turkiyaning G‘azoga yuborayotgan insonparvarlik yordamlari va mintaqadagi insoniy inqirozni yengillashtirish sa’y - harakatlari ham chetda qolmadi.
Ibrahim Kalin, hay’atni, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda qo‘shimcha yordam yetkazib berishni osonlashtirish niyatida olib borilayotgan ishlar haqida xabardor qildi.