Prezident Erdo‘g‘an Ozarbayjonni Mustaqillik kuni bilan tabrikladi
Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Ozarbayjonning Mustaqillik kuni munosabati bilan hamkasbi Ilhom Aliyev va Ozarbayjon xalqini tabrikladi.
Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an kecha, 18 - oktabr kuni nishonlangan Ozarbayjon Mustaqillik kuni munosabati bilan Ozarbayjonni tabrikladi.
Turkiyaning ijtimoiy tarmog‘i NSosyal platformasi orqali Prezident Erdo‘g‘an mavzu haqida: «Aziz do‘stimiz, birodarimiz va qadrli Ozarbayjonni 18 - oktabr Mustaqillik kuni bilan samimiy tabriklayman. Ushbu faxrli kunda hurmatli birodarim Ilhom Aliyev va Ozarbayjon xalqiga salomlarimni yo‘llayman», – dedi.
Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i Burhanettin Duran ham ijtimoiy tarmoq orqali Ozarbayjonni tabrikladi va mavzu haqida: «Boku bilan birga bo‘lishdan va bir millat, ikki davlat tamoyilini qo‘llab - quvvatlashdan faxrlanaman», - degan ifodalarga o‘rin berdi.
Turkiya Tashqi Ishlar vazirligi esa NSosyal platformasi orqali mavzu haqida: «Hamkormiz va birodarimiz Ozarbayjonning Mustaqil bo‘lishining 34 - yilligini muborak bot etaman», - dedi.
Turkiya Milliy Mudofaa vazirligi ham Ozarbayjonni tabriklab, NSosyal platformasi orqali «Bir millat, ikki davlat» tushunchasi asosida Boku bilan birlik va hamjihatlik ichida bo‘lishdan xursand ekanliklarini qayd etdi.
Eslatib o‘tamiz:
Ozarbayjon 1991 - yilning 18 - oktabri kuni mustaqill davlat bo‘ldi va shu bois har yili 18 - oktabrda o‘zining mustaqillik kunini nishonlab keladi.
Turkiya 1991 - yilning 9 - noyabri kuni Ozarbayjon mustaqilligini tan olgan dunyodagi birinchi davlat bo‘ldi.