Yahudiy ko‘chmanchilar falastinliklarga qarshi yana hujum uyushtirdi

Yahudiy ko‘chmanchilar G‘arbiy Sohilda falastinliklarga qarshi yana hujum uyushtirdi.

By
_

Mahalliy rasmiylarga ko‘ra isroillik noqonuniy ko‘chmanchilar tomonidan shanba kuni (14.03.2026) ishg‘ol ostidagi G‘arbiy Sohildagi bir qishloqqa qarshi uyushtirilgan hujumda falastinlik besh kishi halok bo‘lgan.

Falastinning axborot agentligi WAFA tarqatgan xabarga ko‘ra hujum, Baytulloh sharqidagi Kisan qishlog‘i yaqinida joylashgan Rashayda hududida sodir bo'lgan. Ko‘chmanchilar, qishloq aholisiga qarshi haqiqiy o‘qlar orqali hujum qilgan.

Mintaqa meri Musa Abayatning aytishicha falastinlik ikki kishi o‘qdan olgan jarohat yuzasidan shifoxonaga yotqizilgan, uch kishi esa kesuvchi asboblar orqali kaltaklanib, tosh bilan urilgan. Oqibatida tan jarohati olganlar.

Abayat shuningdek, ko‘chmanchilar 100 ta qo‘y o‘g‘irlaganini ifoda etgan holda mintaqada Falastin tuproqlariga qarshi uyushtirgan hujumlarini keskin qoraladi.

U shuningdek, Isroil kuchlari voqea ortidan mintaqaga kelgani va tan jarohati olgan falastinliklarning ba’zilarini nazorat ostiga olganini o‘z so‘ziga ilova etdi.

Bu hodisa ishg‘ol ostidagi G‘arbiy Sohilda ko‘chmanchi zo‘ravonligi kuchayayotgan bir paytda yuz berdi. Falastinlik rasmiylar bilan Birlashgan Millatlar Tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra mart oyining boshidan beri ko‘chmanchilar tomonidan uyushtirilgan hujumlarda falastinlik kamida besh kishi halok bo‘ldi.

Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra urush boshlanganidan beri G‘arbiy Sohilda Isroil kuchlari yoki ko‘chmanchilari tomonidan falastinlik kamida 1 ming 45 kishi o‘ldirilgan.