Turkiya razvedkasi Pokiston - Afgʻoniston toʻqnashuvlarini tugatishda asosiy rol oʻynamoqda

Dohadagi turk yetakchiligi Pokison bilan Afgʻonistonni toʻqnashuvlarni toʻxtatishga va chegara muammolarini hal qilish uchun Istanbulda yigʻilishlar oʻtkazishga undadi.

Turkiya Milliy Razvedka Tashkiloti raisi Ibrahim Kalin.

Turk xavfsizlik xizmatining bugungi ma’lumotlariga koʻra Turk Milliy Razvedka Tashkiloti Qatar poytaxti Dohada olib borilgan muzokaralarda muhim rol o‘ynadi. Unda Pokiston bilan Afg‘oniston tomonlari vaqtinchalik boʻlsa ham oʻq uzishi toʻxtatish masalasi ustidan kelishib oldi.

Manbaalar Turkiya va Qatarning qoʻllab - quvvatlashida, Turkiya Respublikasi Razvedka Tashkiloti raisi Ibrahim Kalin ishtirokida Pokiston va Afgʻoniston oʻrtasidagi toʻqnashuvlar ustidan muzokara olib borilganini qayd etdi.

Unda Pokiston bilan Afgʻonistonning razvedka xizmatlari rahbarlari hamda mudofaa vazirlari ishtirok etdilar.

Muzokaralarning asosiy kun tartibi mavjud otashkesim muddatini uzaytirish va oxirgi vaqtlarda yuz bergan chegara toʻqnashuvlarini hal qilish edi.

Kech soatlargacha davom etgan muzokaralar davomida, Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdoʻgʻan kabi dunyo liderlari voqealar rivojidan xabardor qilindi.

Otashkesimning tafsilotlari Istanbulda muhokama qilinadi

Otashkesimning barqaror va ishonchli tarzda davom ettirilishini ta’minlash uchun yaqin kunlarda qo‘shimcha uchrashuvlar o‘tkaziladi.

Roppa - rosa 14 soat davom etgan muzokaralar ortidan, oʻq uzishni toʻxtatish tafsilotlarini oʻrganish boʻyicha texnik qoʻmita birinchi yigʻilishini Istanbulda oʻtkazish haqida qaror qildi.

Uchrashuvda ikki davlat oʻrtasidagi terrorizm, migratsiya va chegara xavfsizligi kabi muammolarni doimiy hal qilish uchun uzoq muddatli qadamlar muhokama qilinadi.

Joriy yilning 11 - oktabri kuni Turkiya, Pokiston va Qatar razvedka tashkiloti boshliqlari Istanbulda uch tomonli uchrashuv o‘tkazar ekan, ayni vaqtda ushbu uchrashuv davomida Afg‘oniston bilan aloqalar o‘rnatgandi.