Isroil Eronga qarshi uyushtirgan hujumlarini davom ettirmoqchi

Netanyaxu Isroil - Eron urushini bor kuchi bilan davom ettirishini ifoda etgan holda Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan Tehran osmoni ustidan havo nazorati deyarli to‘liq o‘rnatilganini iddao qildi.

By
_

Binyamin Netanyaxu Isroil - Eron urushini bor kuchi bilan davom ettirishini ifoda etgan holda Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan bir hafta oldin uyushtira boshlagan hujumlari ortidan Tehran osmoni ustidan havo nazorati deyarli to‘liq o‘rnatilganini iddao qildi.

Netanyaxu mavzu haqida bugun televideniye orqali bergan bayonotida: «Eron rejimini yo‘q qilish va yana ko‘plab boshqa maqsadlarga erishish uchun tizimli rejalarimiz bor», - dedi.

U shuningdek: «Yurtdoshlar sizlar menga, hukumatga va qahramon askarlarimizga g‘alabagacha davom etishimizni buyuryapsiz va buning uchun rahmat. Sizlarga bor kuchimiz bilan davom etishimizni aytmoqchiman», - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Netanyaxu isroillik va amerikalik uchuvchilar olib borayotgan bombardimon kampaniyasi tufayli Eron poytaxti ustidan havo nazorati deyarli to‘liq o‘rnatilganini o‘z so‘ziga ilova etdi.

Yaqin Sharq qiyofasi o‘zgardi

Netanyaxu Eron xalqiga ham murojaat qilib, haqiqat lahzasi yaqinlashayotganini qayd etdi.

«7 - oktabr voqealaridan keyin va’da berganimizdek Isroil, Yaqin Sharq qiyofasini o‘zgartirdi. Shu bilan birga o‘zini ham o‘zgartirdi», - dedi.

Netanyaxu Isroil dushmanlarini yo‘q qilish uchun xavfli qarorlar qabul qilinganini ham ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz:

Joriy yilning 28 - fevralidan buyon Isroil va Amerika Qo‘sham Shtatlari Eron hududiga qarshi hujumlar uyushtira boshladi. Bu hujumlar oqibatida Eronning diniy lideri Ali Hamaney bilan birga ayrim xavfsizlik sohasi rasmiylari ham bor yuzlab inson halok bo‘ldi.

Tehron esa bunga javoban Isroilga qarshi ko‘plab raketa va dron hujumlarini boshlatdi.

Javob tariqasidagi zarbalar doirasida Eron, Fors ko‘rfazi davlatlari va Iordaniyadagi Amerika manfaatlarini ham raketa va dronlar bilan nishonga oldi.