Turkiya Eron bo‘yicha har qanday xorijiy aralashuvdan xavotirda
Turkiya, Eron bo‘yicha har qanday xorijiy aralashuv nafaqat bu mamlakatdagi, balki butun mintaqadagi inqirozlarni yana da chuqurlashtirishi mumkinligi ustidan ogohlantirdi.
Turkiya qo‘shnisi Eron bo‘yicha har qanday xorijiy aralashuv nafaqat bu mamlakatdagi, balki butun mintaqadagi inqirozlarni yana da chuqurlashtirishi mumkinligi ustidan ogohlantirdi. Bunga qo‘shimcha ravishda, Eronning ichki muammolari muloqot va mamlakatning o‘z ijtimoiy dinamikalari orqali hal etilishi kerakligini ta’kidladi.
Adolat va taraqqiyot partiya raisining o‘rinbosari va matbuot xizmati kotibi O‘mer Chelik dushanba kuni (12.01.2026) mavzu haqida bergan bayonotida, Eron jamiyatida va davlat institutlarida muammolar borligini tan olgan holda Anqara Eronda tartibsizlik va betartiblikni ko‘rishni istamasligini aytdi.
Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an raisligida o‘tkazilgan yig‘ilish ortidan Anqaradagi partiya bosh qarorgohida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida so‘zga chiqqan Chelik shunday mavzu haqidai: “Qo‘shnimiz Eronda betartiblikni xohlamaymiz. Muammolarning yechimi, Eron Prezidenti janob Mas’ud Pezeshkiyon ham ta’kidlaganidek, Eron jamiyatining o‘z ichki dinamikalari asosida va Eron davlatining o‘z milliy irodasi bilan amalga oshirilishi kerak”, - dedi.
Kuchayib borayotgan beqarorlik
Chelik, “Eronga tashqi aralashuvlar yana da yirik inqirozlarga yo‘l ochishi mumkin”, - degan holda; ayniqsa Isroil tomonidan qo‘zg‘atilayotgan aralashuvlar butun mintaqada yana da katta inqirozlar va chuqur beqarorlik keltirib chiqarishi mumkinligini o‘z so‘ziga ilova qildi.
Masalaning muzokara, muloqot va kengroq aloqa orqali hal qilinishi lozimligini ta’kidlagan Chelik mavzu haqida shuningdek: “Isroillik rasmiylarning, ayniqsa Eron haqidagi bayonotlariga nazar tashlagudek bo‘lsak, butun mintaqada yana da katta muammolar keltirib chiqaradigan tajovuzkor yo‘lga kirishga urinayotganlariga guvoh bo‘lyapmiz. Bu esa mutlaqo rad etilishi lozim bo‘lgan holatdir”, - dedi.
Eron hozirda 2022 - yildan buyon mamlakatda kuzatilgan eng yirik namoyishlarga guvoh bo‘lmoqda.
AQSh Prezidenti Donald Tramp Eronda namoyishchilarga qarshi kuch ishlatilgudek bo‘lsa unda Vashington vaziyatga aralashishi mumkinligini ifoda etib, inqirozning yana da keskinlashishidan xavotirga soldi.