Eron ko‘rfazda neft tashuvi ustidan nazoratni kuchaytirmoqda

Ortib borayotgan neft narxlari va to‘xtab qolgan tanker qatnovi, mojaroning mintaqaga yoyilishi sababli Vashington ustidan bosimni oshirmoqda.

By
Tankerlar Fors koʻrfazida, Hurmuz boʻgʻozi yaqinida suzmoqda, 2026-yil 11-mart [ARXIV]. / Reuters

Isroil dushanba kuni tongda Livan poytaxti Bayrutga hujumlar uyushtirdi. Shuningdek, Isroil Tehronga ham yangi zarbalar berdi. Eronga tegishli dron Dubaydagi yonilg‘i omboriga isabet qilishi natijasida Dubay aeroporti vaqtincha yopildi.

Eron ikki haftadan ko‘proq vaqt oldin AQSH va Isroil tomonidan hujumga uchraganidan beri, muntazam ravishda Isroilni, Amerika bazalarini va qo‘shni Arab davlatlarining energiya infratuzilmasini dron va raketalar bilan urmoqda. Dunyo neftining beshdan biri o‘tadigan Hormuz bo‘g‘ozidagi harakatni to‘xtatib qo‘ygan Eron, global energiya inqirozi xavfini kuchaytirib, AQSHga bosim o‘tkazishda davom etmoqda.

Dushanba kuni Brent nefti varreli 100 dollardan yuqori darajada qoldi. Eron birjasi ma’lumotlariga ko‘ra, neft narxi 104 dollardan sotilmoqda. To‘qnashuvlar davomida narxlar 120 dollargacha ko‘tarilgan edi. AQSH Prezidenti Donald Tramp Hormuz bo‘g‘ozini ochiq tutish uchun yetti davlatdan harbiy kemalar so‘raganini, ammo hozircha hech bir davlat aniq va’da bermaganini aytdi.

Eron: "O‘t ochishni to‘xtatish ham, muzokara ham bo‘lmaydi"

Eron Tashqi ishlar vaziri Abbas Araqchi mamlakatining urushni muzokara yo‘li bilan tugatish niyatida ekani haqidagi iddaolarni "xayol mahsuli" deb atadi. U ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida: "Qurolli Kuchlarimiz AQSH Prezidenti ham amerikaliklarga, ham eronliklarga o‘tkazayotgan ushbu noqonuniy urush noto‘g‘ri ekanini tushunmaguncha, hujumlar davom etadi", — deb yozdi.

Dubay aeroporti nishonga olindi

Dushanba kuni ertalab dunyodagi eng gavjum Dubay xalqaro aeroporti yaqinidagi yonilg‘i omboriga dron kelib urilishi oqibatida yirik yong‘in chiqdi. O‘t o‘chiruvchilar yong‘inni nazoratga olishdi, ammo aeroport barcha parvozlarni vaqtincha to‘xtatdi. Eron urush boshlangandan beri BAA va Saudiya Arabistonidagi AQSH harbiy ob’ektlariga yuzlab raketa va dronlar uchirdi. Saudiya Arabistoni o‘zining neft inshootlariga yo‘naltirilgan yana 61 ta dronni zararsizlantirganini e’lon qildi.

Isroil Bayrut va Tehronni vurdu

Isroil armiyasi Bayrutdagi Hizbullohga tegishli infratuzilmani nishonga olganini iddao qilib, shaharga yangi zarbalar berdi. Livan janubida 800 mingdan ortiq kishi o‘z uyini tashlab ketishga majbur bo‘ldi. Isroil hujumlarida hozirgacha 850 kishi, jumladan 107 bola va 66 ayol halok bo‘lgan. Shuningdek, Isroil Tehrondagi nishonlarga ham yangi hujumlar boshlaganini e’lon qildi. Qizil Xoch ma’lumotlariga ko‘ra, Eronda hozirgacha 1300 dan ortiq kishi hayotdan ko‘z yumgan.

Tramp: "Yordam bermagan ittifoqchilarni unutmayman"

Prezident Tramp Hormuz bo‘g‘ozida xavfsizlikni ta’minlash uchun tuziladigan koalitsiyaga yordam berishdan bosh tortgan davlatlarni, xususan, Britaniya Bosh vaziri Kir Starmerni tanqid qildi. "Buni unutmaymiz", — deya ogohlantirdi u. Yaponiya esa hozircha bo‘g‘ozga harbiy kemalar yuborish rejasi yo‘qligini, ammo o‘z kemalarini himoya qilish choralarini ko‘rayotganini bildirdi. Yaponiya neft tanqisligining oldini olish uchun o‘z rezervlarini bozorga chiqara boshladi.