Erdo‘g‘an: Eron tinchlik jarayonidagi kechikish global barqarorlikka ziyon yetkazishi mumkin
Prezident Erdo‘g‘an, Keir Starmer bilan bo‘lib o‘tgan muloqotda AQSh va Isroilning Eronga qarshi uyushtirgan hujumlari ortidan avj olgan keskinlik yuzasidan tashvishda ekanliklarini bildirdi.
Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Buyuk Britaniya Bosh vaziri Keir Starmer bilan telefon orqali bo‘lib o‘tgan muloqotida Amerika Qo‘shma Shtatlari va Isroilning Eronga qarshi uyushtirgan hujumlari ortidan avj olgan keskinlik yuzasidan tashvishda ekanliklarini bildirdi.
Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra Erdo‘g‘an suhbat davomida: “Turkiya Eronga qarshi uyushtirilgan hujumlar bilan boshlangan jarayonni yaqindan kuzatmoqda. Voqeaning cho‘zilishi mintaqaviy va global barqarorlikka jiddiy ziyon yetkazishi mumkin” - dedi.
Erdo‘g‘an o‘z so‘zida, shuningdek: “Muloqot uchun zamin yaratish maqsadida hali ham amalga oshirlishi kerak bo‘lgan ishlar bor va tinchlikni ko‘zlagan sa’y - harakatlarimiz davom etmoqda” - degan ifodalarga o‘rin berdi.
Bayonotga ko‘ra, suhbatda Turkiya bilan Buyuk Britaniya o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar hamda mintaqaviy va global voqealar ham muhokama qilindi.
Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi tomonidan ma’lum qilishicha, Erdo‘g‘an, ayniqsa mudofaa sanoati boshchiligida barcha sohalarda Buyuk Britaniya bilan hamkorlikni chuqurlashtirish borasidagi qat’iy irodani yana bir bor tasdiqladi va bu hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan qadamlar davom ettirilishini bildirdi.