Yava orolidagi vulqon otilishi ortidan indoneziyalik yuzlab inson evakuatsiya qilindi
Yava orolidagi vulqon otilishi ortidan indoneziyalik qariyb 900 kishi maktablar, jome’ masjidlari va qishloq zallarida tashkil etilgan boshpanalarga evakuatsiya qilindi.
Yava orolida vulqon otilishi ortidan indoneziyalik yuzlab inson vaqtinchalik boshpanalarda jon saqlayotgan edi; rasmiylar vulqon yonbag‘irlaridan qariyb 190 kishini evakuatsiya qildi.
Sharqiy Yavadagi Semeru tog‘i chorshanba kuni (19.11.2025) tushdan keyin otilib, kul va gazni 13 kilometrdan ortiq uzoq masofaga sochdi.
Indoneziya geologiya agentligiga ko‘ra vulqon faolligi ancha pasaygan bo‘lishiga qaramay, to‘lqinlanishlar bugun (20.11.2025) ham davom etdi.
Favqulodda holatlar agentligi vakili Sultan Syafaat, portlash ortidan qariyb 900 kishi maktablar, jome’ masjidlari va qishloq zallarida tashkil etilgan boshpanalarga ko‘chirilganini ma’lum qildi. U shuningdek: «Tunda ham travma kechirish holatlari davom etishi ehtimoli borligi uchun boshpanalarda jon saqlamoqdalar», - dedi.
Semeru Milliy bog‘i rahbari Rudijanto Tjahja Nugraha, payshanba kuni (20.11.2025) vulqon yonbag‘irlaridan taxminan 190 kishi evakuatsiya qilinayotgani va ularning ko‘pchiligi portlashdan keyin lager hududida qolib ketgan sayyohlar eknini qayd etdi.
Semeru 2021 - yili otilganida 50 nafardan ortiq insonning o‘limiga yo‘l ochgar ekan, 5 000 dan ortiq uyga ziyon yetkazgan va qariyb 10 ming nafar insonni boshpanasiz qo‘ygan.
Indoneziya materik plitalar tutashgan va muhim vulqon hamda seysmik faollik kuzatiladigan Tinch okeani «Olov halqasi» ustida joylashgan.
Janubi - Sharqiy Osiyo orollarida taxminan 130 ta faol vulqon mavjud.