Turkiya: G‘azzo tinchligini to‘liq qo‘llab-quvvatlashga tayyor

Qatardagi Doha Forumida so‘zga chiqqan Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan, G’azodagi Xalqaro Barqarorlik Kuchlari bo‘yicha muzokaralar davom etayotganini ma’lum qildi.

By
Turkish Foreign Minister Hakan Fidan speaks during an interview with Reuters at the 23rd edition of the annual Doha Forum, in Doha / Reuters

Tashqi ishlar vaziri Fidan shanba kuni bergan bayonotida, Turkiyaning G’azodagi davom etayotgan tinchlik jarayonlariga hissa qo‘shish uchun “nima zarur bo‘lsa, barchasini qilishga tayyor” ekanini aytdi.

Hakan Fidan bu fikrlarni, Doha shahrida o‘tkazilgan 23-Doha Forumi chog‘ida, Anqara G’azoga qo‘shin yuborishni ko‘rib chiqayaptimi degan savolga javoban bildirdi.

Fidanning so‘zlariga ko‘ra, G’azoda Xalqaro Barqarorlik Kuchlari (ISF)ni tuzish masalasida keng qamrovli muhokamalar o‘tmoqda; kuchning qanday joylashtirilishi, missiyasi nimadan iborat bo‘lishi va qaysi qoidalar asosida faoliyat yuritishi yuzasidan batafsil baholash olib borilmoqda.

Fidan, ISFning vazifalari bo‘yicha realistik bo‘lish, kutilyotgan natijalarni belgilashda mayda tafsilotlarga e’tibor berish zarurligini, maydondagi real sharoitlarni nazardan qochirmaslik kerakligini ta’kidladi.


Ustuvor vazifa: Isroilliklar va falastinliklarni ajratish

Fidan:
“Menimcha, Xalqaro Barqarorlik Kuchlarini joylashtirishning birinchi maqsadi falastinliklar bilan isroilliklarni chegara chizig‘ida bir-biridan ajratish bo‘lishi kerak,” dedi.

Turkiya tashqi ishlar vaziriga ko‘ra, kuch samarali bo‘lishi uchun mahalliy politsiya tuzilmasini yaratish va tayyorlash, shuningdek tinchlik qo‘mitasi tashkil etish maqsadida mahalliy boshqaruv tizimlarini shakllantirish talab qilinadi.

Fidan qo‘shimcha qildi: kuchga qaysi davlatlar hissa qo‘shishi hali aniqlanmagan, ammo ISF joylashtirilgach, jarayon bosqichma-bosqich shakllanadi.

Suriya fuqarolik urushidan so‘ng Turkiyaning “ochiq eshik siyosati” olib borganini eslatgan Fidan, bu siyosatning insonparvarlik maqsadlariga xizmat qilganini qayd etdi. Shuningdek, Suriyada barqarorlikni ta’minlash uchun xalqaro hamkorlik zarurligini ta’kidladi.


Turkiya, AQShning vositachilik tashabbuslari bilan uyg‘un

Fidan, AQSh Prezidenti Donald Trampning vositachilik qilish va tinchlikni o‘rnatishga qaratilgan tashabbuslari Turkiyaning manfaatlari bilan mos tushishini aytib, Anqaraning Ukraina va G’azoda otashkesimga erishish istagini yana bir bor bildirdi.

Rossiya–Ukraina urushi haqida ham fikr bildirgan Fidan, Yevropa “ko‘proq chidamli bo‘lish uchun yanada ijodkor yechimlar” izlashga majbur ekanini aytdi.

Fidan:
“Menimcha, bu urushni tugatishning yagona real yo‘li — taraflarni qat’iylik bilan, kerak bo‘lsa bosim o‘tkazgan holda tinchlik muzokaralariga yo‘naltirishdir. Aslida, muzokaralar hozir ham davom etmoqda,” dedi.

U shuningdek:
“Yevropaning Rossiyaga ishonmaslik uchun ko‘plab sabablari bor; xuddi shunday, Rossiyaning ham hech kimga ishonmaslik uchun o‘ziga yarasha asoslari mavjud,” deya qo‘shimcha qildi.

Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan shanba kuni forumdagi tanaffusda Qatar bosh vaziri va tashqi ishlar vaziri Shayx Muhammad bin Abdurrahmon Al Sani bilan ham uchrashdi. Uchrashuv tafsilotlari oshkor etilmadi.

Fidanning qatnashgan sessiyasi, “Adolat Harakatga O‘tmoqda: Va’dalardan Amalga” mavzusi ostida o‘tkazilgan ikki kunlik forum doirasida, dunyo yetakchilari, diplomatlari va siyosat mutaxassislarini Doha shahrida birlashtirdi.