Zelenskiy ittifoqchilaridan har doimgidan ham ko‘proq yordam so‘radi

Vladimir Zelenskiy Rossiya hujumlari ortidan Kiyevda yuzlab bino ikki kundan beri isitishsiz qolayotgani bois ittifoqchilaridan havo hujumidan mudofaa bo‘yicha yana - da ko‘proq yordam so‘radi.

By
_

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya hujumlari ortidan Kiyevda yuzlab bino ikki kundan beri isitishsiz qolayotgani sababli yakshanba kuni (25.01.2026) ittifoqchilaridan havo hujumidan mudofaa bo‘yicha yana - da ko‘proq yordam so‘radi.

Rossiya qariyb to‘rt yildan beri davom etayotgan urush davomida Ukrainaning energetika infratuzilmasini nishonga olishda davom etmoqda. Kiyev rahbariyati esa bu yilgi qish mavsumi hozirgacha bo‘lgan eng og‘ir davr sifatida qayd etilayotganini ta’kidlamoqda. Ayniqsa qattiq sovuqlar paytida Rossiyaning yuzlab insonsiz havo transporti bilan raketalari havo mudofaasini yorib o‘tib, vaziyatni yana - da og‘irlashtirdi.

Zelenskiy Litva poytaxti Vilnyusga yetib kelgach, bergan bayonotida mavzu haqida shunday dedi: «Faqatgina shu haftaning o‘zida rossiyaliklar 1 ming 700 dan ortiq hujumchi dron, 1 ming 380 dan ziyod boshqariladigan aviabomba va turli tipdagi 69 ta raketa uchirdi», - dedi.

U, «Shu sababli havo mudofaa tizimlari uchun raketalarga har kuni ehtiyoj bor. AQSh va Yevropa bilan havo hududimizni yana - da kuchli himoyalash ustida ishlashni davom etyapmiz», - dedi.

Rossiya bombardimonlari Kiyevni ayniqsa qattiq zarba ostida qoldirgani, hujumlar tufayli yarim million kishi evakuatsiya qilinishga majbur bo‘lgani ma’lum qildi.

Kiyev meri Vitaliy Klichko, «24 - yanvar kuni Kiyev shahriga qarshi dushman tomonidan uyushtirilgan hujum oqibatida hozirda shaharda 1 ming 676 ta ko‘p qavatli bino isitishsiz qolmoqda», - deya gapirdi.

Qahraton sovuqlar va takrorlanayotgan havo hujumlari isitish va elektr ta’minoti tizimlarini qayta ishga tushirishga urinayotgan guruhlar ishini sekinlashtirmoqda.

Shu bilan birga, AQSh o‘rtamchiligida, Vashingtonning urushni yakunlash rejasiga doir Rossiya va Ukraina bilan olib borgan muzokaralar shanba kuni (24.01.2026) aniq natijalarsiz yakunlandi. Shunga qaramay, Zelenskiy muzokaralarni konstruktiv tusda deb baholadi va tomonlar kelasi hafta Abu - Dabida yana uchrashish ustidan kelishib olganini bildirdi.