Zelenskiy: Ukraina Rossiyaga qarshi kurasha olishi uchun Yevropaning yordamiga ehtiyoji bor
Bryussel rus aktivlarini muzlatish to‘g‘risidagi rejalarini ko‘zdan kechirar ekan, Ukraina Prezidenti Zelenskiy ham Yevropadan uzoq muddatli moliyaviy yordam talab qildi.
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy, Kiyev Rossiyaga qarshi kurashini davom ettira olishi uchun keyingi ikki - uch yil davomida Yevropaning moliyaviy yordamiga muhtoj ekanini ifoda etgan holda Yevropa ittifoqini, uzoq davom etgan mazkur urush sharoitida barqaror ravishda moliyaviy yordam berishga chaqirdi.
Zelenskiy mavzu haqida bugun (28.10.2025) bergan bayonotida, Ukraina o‘nlab yillar davom etadigan urush tarafdori emasligi ammo mudofaa va iqtisodiyotini saqlab qolish uchun uzoq muddatli yordamga muhtoj ekanini qayd etdi.
Ukraina rahbari bu borada: «Biz o‘nlab yil urushmaymiz ammo Yevropa bu jarayonda Ukrainaga muntazam ravishda moliyaviy yordam ko‘rsata olishini yaqqol namoyon etishi kerak. Shuning uchun kamida ikki, eng ko‘p uch yillik dastur rejalashtirilmoqda», - dedi.
Zelenskiy o‘z so‘zida, Bryusselda muzlatilgan Rossiya aktivlaridan Ukrainaning urush harakatlari va qayta qurish ishlarini moliyalashtirish uchun foydalanish rejalariga ishora qildi.
Yevropa ittifoqi liderlari o‘tgan hafta Yevropa komissiyasiga, Rossiyadan tortib olingan o‘nlab milliard yevro va katta miqdordagi kreditni ham o‘z ichiga olgan ikki yillik qo‘llab - quvvatlash paketi bo‘yicha kelib tushgan takliflarni tamomlashni topshirdi.
Zelenskiyning aytishicha mablagʻlar urushning borishiga qarab, qayta qurish yoki mudofaa uchun ishlatiladi.
Ukraina prezidenti shuningdek: «Agar urush bir oy ichida tugasa unda biz u pullarni qayta qurish ishlariga sarflaymiz. Tugamagudek bo‘lsa ularni qurol - yarogʻlarga sarflaymiz. Bizning boshqa choramiz yoʻq», - dedi.
Trampdan, Xitoyni Rossiyani qoʻllab - quvvatlashni kamaytirishga chaqirishi iltimos qilindi
Zelenskiy shuningdek, AQSh Prezidenti Donald Trampni shu hafta oxirida boʻlib oʻtadigan muzokaralar chogʻida Pekinning Moskvaga bo‘lgan iqtisodiy va siyosiy yordamini kamaytirish uchun bosim oʻtkazishga chaqirdi.
Ukraina prezidenti jurnalistlarga: «Bu, prezident Trampning eng kuchli hamlalaridan biri boʻlishi mumkin. Ayniqsa, ushbu qatʼiy sanksiyalar harakatidan soʻng Xitoy Rossiyadan importni kamaytirishga tayyor boʻlsa», -dedi.
Vashington yaqinda Rossiyaning ikkita yirik neft kompaniyasiga sanksiyalar kiritdi va Kiyev bilan uning ittifoqchilarini, Moskva urushini moliyalashtirayotgani aytilgan Xitoy va Hindistonni Rossiya neftini sotib olishni kamaytirishga chaqirdi.
Rossiyaning quruqlikdagi hujumi
Shu bilan birga Zelenskiy jabha chizig‘ida avj olgan bosimning kuchayib borayotganiga e’tibor qaratgan holda, rus kuchlari bir necha oy davom etgan shiddatli janglar ortidan sharqiy Pokrovsk shahrida mustahkam o‘rin egallaganini qayd etdi.
Zelenskiy: «U yerda, turli joylarda 200 nafarga yaqin rur bor va biz uni insonsiz havo transportlari orqali kuzatyapmiz. Pokrovsk hozirda Rossiyaning asosiy nishonidir», - degan ifodalarga o‘rin berdi.
Ukraina lideri bu so‘zlarni, urush to‘rtinchi yilga kirgan bir paytda, ikkala tomon ham katta yo‘qotishlarga uchragan va tinchlikka erishish istiqbollari yaqin emasligi taxmin qilingn bir paytda ifoda etdi.