AQSh - Isroil hujumlarining eng kichik qurboni 8 oylik chaqaloq ekani ma’lum bo‘ldi

Joriy yilning 28 - fevrali kuni boshlagan AQSh - Isroil hujumlarida 206 nafar ayol kishi halok bo‘lgani va ulardan 193 nafarining 18 yoshdan kichik ekani qayd etildi.

By
_

Tehron, Eronga qarshi davom etgan AQSh - Isroil hujumlarida o‘ldirilgan insonlarning eng kichigi 8 oylik chaqaloq qiz ekanini ma’lum qildi.

Davlat axborot agentligi IRNA xabariga ko‘ra hukumat voisi Fatma Muhajaroniy seshanba kuni (10.03.2026) mavzu haqidagi bayonotida, 28 - fevraldan buyon 206 nafar ayol kishi halok bo‘lgani va ulardan 193 nafarining 18 yoshdan kichik ekanini qayd etdi.

U, AQSh va Isroil tomonidan Eronga qarshi boshlatilgan urushda eng yosh jarohatlangan shaxs esa 4 oylik qizcha ekanini ifoda etdi.

AQSh - Isroil hujumlarining birinchi kunida Shajareh Tayyebeh nomidagi boshlang‘ich maktabiga qarshi uyushtirilgan hujum oqibatida 170 nafardan ortiq inson halok bo‘ldi. Ularning ko‘pchiligi bolalar bo‘lib, bu xalqaro norozilikni keltirib chiqardi.

The New York Times tahliliga ko‘ra dengiz bazasi va qizlar boshlang‘ich maktabiga qarshi uyushtirilgan hujumlardan topilgan raketa parchalarida, AQSh raketasiga mos keluvchi belgilarga o‘xshash izlar borligi kuzatilgan.

Bir nechta ssenariyga tayyorgarlik

Eron dushanba kuni (09.03.2026) Ali Hamaneyning o‘g‘li Mujtaba Hamaneyni mamlakatning yangi diniy lideri deb e’lon qilindi.

Muhajaroniy: «Islom Respublikadagi uchinchi yetakchining tayin qilinishi mamlakatga takror barqarorlik olib keldi va dushmanlarning hisob - kitoblarini buzdi», - dedi.

Eron urush boshlatmagani, muzokaralar davom etayotgan bir paytda hujum boshlatgan tomonlar AQSh bilan Isroil ekanini ifoda etdi. U shuningdek: «Biz urush boshlatmadik lekin uni tugatuvchilar biz bo‘lamiz», - degan ifodalarga o‘rin berdi.

U Eron rasmiylari mojaroda bir nechta ssenariyga tayyorlanayotgani, mamlakatni himoya qilishni davom ettirishda sodiq ekanini bildirdi. Muhajaroniy so‘zlari davomida: «Bugun Eron o‘zini himoya qilish uchun qarorli va kuchlidir», - deya gapirdi.

Eron rasmiylariga ko‘ra, taranglik, joriy yilning 28 - fevrali kuni Isroil va AQSh tomonidan Eronga qarshi uyushtirilgan hujumlar bilan avj oldi. Bu hujumlar, 1 ming 300 nafardan ortiq eronlik umriga zomin bo‘ldi. Ular orasida mamlakatning diniy lideri Ali Hamaney, tinch aholi va maktab o‘quvchilari ham bor edi.

Tehron esa AQSh - Isroil hujumlariga javob tariqasida Isroil, Iordaniya, Iroq va AQSh harbiy infratuzilmasi joylashgan Fors ko‘rfazi davlatlarini nishonga olgan raketa hujumlari uyushtirdi.