Isroil Livan janubida yana 22 kishi umriga zomin bo‘ldi

Isroil Livan janubida yana 22 kishi umriga, 124 kishi sog‘ligiga zomin bo‘ldi.

Isroil qo‘shinlari Livan janubida urush yuzasidana o‘z uy – joyidan mahrum bo‘lgan tinch aholining uylariga qaytar chog‘ida o‘q uzdi. Oqibatida 22 kishi jon berar ekan, 124 kishi tan jarohati oldi.  

Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi: «Fuqarolarimiz bosib olingan qishloqlariga qaytishga urinayotgan bir paytda dushman Isroil tomonidan hali ham hujum uyushtirildi. Oqibatida 22 kishi jon berdi va ulardan bir nafarining harbiylardan ekani aniqlandi. Bundan tashqari 124 kishi tan jarohati oldi va ulardan 19 nafari chegara shaharchasida ekani qayd etildi». – degan ifodalarga o‘rin berdi.