Isroil haligacha G‘azoda hujum uyushtirmoqda
Isroil otashkesimga qaramay haligacha G‘azoning turli hududlarida hujum uyushtirmoqda.
Guvohlarning bildirishicha, joriy yilning 10 - oktabri kuni kuchga kirgan otashkesim kelishuviga qaramay bugun (17.12.2025) ertalab Isroil armiyasi G‘azodagi bir nechta hududda hujum uyushtirgan.
Isroil o‘qlari Xon Yunus shahrining janubi - sharqiy qismi bilan G‘azo janubida joylashgan Rafoh shahrining shimolidagi Mo‘rag yo‘lagi atrofini nishonga olgan.
G‘azo markazida esa Isroil harbiy texnikalari bilan buldozerlari Dayr al - Balah shahriga shimoli - sharq tomoni orqali kirib borgan holda hududda kuchli qurol ovozlari ostida yer qazish ishlari yuritgan.
Shuningdek, Isroil artilleriyasi G‘azodagi Jabaliya qochqinlar lagerining sharqiy qismlarini ham o‘qqa tutgan.
Qurbon bo‘lganlar haqida hozircha hech qanday ma’lumot yo‘q.
G‘azo Sog‘liqni Saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra otashkesimdan buyon Isroil hujumlari oqibatida kamida 393 kishi halok bo‘lgan, 1 074 kishi esa yaralangan.
Isroil 2023 - yilning oktabr oyidan beri G‘azoga qarshi olib borayotgan genotsid urushida, asosan ayollar va bolalardan iborat qariyb 70 700 kishini o‘ldirdi, 171 mingdan ortiq insonni yaraladi va mintaqani vayronaga aylantirdi.