Suriyadagi kelishuvni olqishlagan Erdo‘g‘an doimiy yechimga chaqirdi

Erdo’g’an Suriya masalasida bundan keyin har qanday provokatsiya urinishlari “o‘z joniga qasd” bilan barobar bo‘lishi haqida ogohlantirdi.

By
Erdog'an: Barqarorlikdan eng ko'p Suriyalik kurdlar naf ko'radi. / AA

Turkiya seshanba kuni Suriyada erishilgan otashkesimni mamnuniyat bilan qarshi olganini bildirgan Prezident Erdo‘g‘an, bu kelishuv yanada qon to‘kilmasdan doimiy yechimga olib kelishidan umidvor ekanini aytdi.
Chorshanba kuni parlamentda hukmron Adolat va Taraqqiyot partiyasi (AK Parti) deputatlariga murojaat qilgan Erdo‘g‘an, Anqara “eng boshidan boshlab eng qat’iy tarzda” yagona Suriya davlati, uning to‘liq hududiy yaxlitligi va siyosiy birligini qo‘llab-quvvatlab kelayotganini bildirdi.

Suriya Prezidentligi seshanba kuni YPG terror tashkiloti bilan kelishuvga erishilganini, Hasakaning amaliy integratsiyasi uchun yo‘l xaritasi ustida ishlash maqsadida YPGga to‘rt kunlik muddat berilganini va bu davr mobaynida otashkesim amal qilishini e’lon qildi. YPG esa keyinchalik bergan bayonotida otashkesimga to‘liq amal qilayotganini ma’lum qildi.

Prezident Erdo‘g‘an bundan keyin Suriyada har qanday qo‘zg‘atuvchi harakatlarga urinish “o‘z joniga qasd” bo‘lishini aytib, barqarorlikni asrash lozimligini urg‘uladi. U to‘liq integratsiya “yangi davrning boshlanishi”dan darak berishini va barqarorlikning eng katta foydasini Suriya kurdlari his qilishini qo‘shimcha qildi.

“Biz hech bir davlat hududida manfaat ko‘zlamaymiz va hech bir mamlakatning ichki ishlariga aralashmaymiz, ammo mamlakatimiz manfaatlariga zarar yetkazilishiga yo‘l qo‘ymaymiz,” dedi Erdo‘g‘an.

Shuningdek, Prezident Erdo‘g‘an Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Trump bilan telefon orqali suhbatda Suriya xavfsizligiga hissa qo‘shadigan masalalar, jumladan DEAShga  qarshi kurashda qo‘shma sa’y-harakatlar haqida ham fikr almashilganini ma’lum qildi.