Turkiya Eronda fuqarolar urushini qo'zg'atadigan har qanday rejaga qarshidir

Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan Eronni beqarorlashtirish rejalaridan ogohlantirdi va Isroil hujumlari Livan davlatining qulashiga olib kelishi mumkinligi xavfini ta'kidladi.

By
Turkiya Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan Anqarada germaniyalik hamkasbi Johann Wadephulni kutib oldi. / AA

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan Anqaraning Eronni fuqarolar urushi qo'zg'atishga yoki etnik hamda diniy ajriliqlar bo'ylab mojaro chiqarishga qaratilgan har qanday rejaga butunlay qarshi ekanini aytdi.

Hakan Fidan bu gaplarni peshanba kuni poytaxt Anqarada Germaniya tashqi ishlar vaziri Johann Wadephul bilan uchrashuvidan so'ng o'tkazilgan qo'shma matbuot anjumanida aytdi.

U mamlakatdagi etnik yoki mazhabiy bo'linmalardan foydalanishga qaratilgan urinishlarga qarshi ogohlantirib, Eronning hududiy yaxlitligi savol ostiga olinmasligi kerakligini ta'kidladi.

“Biz Eronda fuqarolar urushini qo'zg'atishga va etnik hamda diniy tortishuvlarni keltirib chiqarishga qaratilgan rejalariga qarshimiz,” dedi Fidan va Anqaraning bunday urinishlarga yo'l qo'ymasligini qo'shib o'tdi.

Livan eskalatsiyasiga oid ogohlantirish

Hakan Fidan shuningdek, Isroilning Livonni doimiy ravishda bombardimon qilishini tanqid qilib, bu hujumlar mamlakatni qulash xavfi ostiga qo'yishi mumkinligini bildirdi.

U Isroil bosh vaziri Benjamin Netanyaxu hukumatini mintaqa bo'ylab beqarorlikni kuchaytirishda aybladi.

“Isroilning hujumlari Livan davlati qulashidan avval to'xtatilishi kerak,” dedi Fidan, va bunday holat Yaqin Sharqning kengroq hududiga, ayniqsa qo'shni davlatlarga jiddiy oqibatlar keltirishi mumkinligini ogohlantirdi.

U shuningdek, janglar natijasida yuzaga kelgan ommaviy ko'chirishlarni qoralab, buni “mutlaqo qabul qilib bo'lmaydi” deb atadi.

Hakan Fidanning so'zlari Isroil bilan Livan va kengroq Yaqin Sharqdagi qurolli guruhlar o'rtasidagi to'qnashuvlar kuchayishi ortidan mintaqaviy tarangliklar oshayotgan bir paytda bildirildi.