Eron tomonidan uchirilgan ballistik raketaga monelik qilindi

Eron tomonidan uchirilgan va Turkiyani ko‘zlagan ballistik raketaga monelik qilindi.

By
_

Turk rasmiylari, NATO havo mudofaa tizimlari Eron tomonidan uchirilgan va Turkiyani ko‘zlagan ballistik raketaga monelik qilganini ma’lum qildi. Bu holat, o‘tgan haftadan beri Eron raketalarining Turkiya havo maydoniga kirishi bilan bog‘liq ikkinchi voqea hisoblanadi.

Turkiya Milliy Mudofaa vazirligi tomonidan mavzu haqida dushanba kuni (09.03.2026) berilgan bayonotga ko‘ra, raketa, Sharqiy O‘rta yer dengizi ustidan aniqlanib; ittifoqchi havo va raketa mudofaa tizimlari yordamida yo‘q qilingan.

Raketa parchalari Turkiyaning janubi - sharqiy qismida joylashgan Gaziantep viloyatining Sahinbey tumani hududiga tushdi. Rasmiylar, voqea oqibatida o‘lim yoki jarohat olganlar qayd etilmaganini bildirdi.

Anqara taranglikning kuchayishiga qarshi ogohlantirdi

Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i Burhanettin Duran, raketa, turk hududiga yaqinlashganida NATO mudofaa vositalari tomonidan o‘z vaqtida zararsizlantirilganini bildirdi.

U, hukumat idoralari voqeani boshidan beri yaqindan kuzatib kelayotgani va zarur mudofaa hamda xavfsizlik choralari ishga tushirilganini ifoda etdi.

Burhanettin Duran mavzu haqida: «Barcha tegishli bo‘linmalar, xususan Milliy mudofaa vazirligi, birgalikda harakat qilmoqda. Turkiyaning havo maydoni va chegara xavfsizligini himoya qilish qobiliyati va irodagasi nihoyatda yuqoridir», - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Duran, shuningdek, mintaqadagi taranglik yanada kuchaymasligi uchun barcha tomonlarni — ayniqsa Eronni — mintaqaviy barqarorlikni xavf ostiga qo‘yadigan yoki tinch aholini tahdid ostiga soladigan harakatlardan tiyilishga chaqirdi.

Burhanettin Duran: «Mintaqadagi taranglik yanada keskinlashmasligi va mojaro kengroq hududga yoyilmasligi juda muhimdir», — dedi.

U shuningdek fuqarolarni va ommaviy axborot vositalarini faqat rasmiy bayonotlarga tayanishga va jamoatni tashvishga soluvchi yoki yolg‘on, tasdiqlanmagan axborotlarni tarqatmaslikka chaqirdi.

Ushbu holat, o‘tgan hafta turk havo maydoniga kirgan va Eronga oid ballistik raketasi ortidan qayd etildi. Bu esa Yaqin Sharqda keng tus olayotgan mojaroning NATO hududiga ham tarqalishi mumkinligi haqidagi xavotirlarni kuchaytiradi.