Turk hay’ati vaqti – vaqti bilan toʻxtab qolgan muzokaralar uchun Afgʻonistonga boradi
Prezident Erdoʻgʻan, Kobul bilan Islomobod oʻrtasidagi tinchlik jarayoni yaqindan kuzatilayotgani; Afgʻoniston bilan uzoq muddatli tinchlikka erishish uchun oliy darajali rasmiylar Pokistonga tashrif uyushtirayotganini ma'lum qildi.
Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻanning qayd etishicha Turkiyaning Tashqi Ishlar va Mudofaa vazirlari bilan Milliy Razvedka Tashkiloti raisi bu hafta Pokistonga tashrif uyushtirishni rejalashtirmoqda. Unda, Janubiy Osiyoda yoʻlga qoʻyilgan otashkesim borasida Afgʻoniston bilan vaqti - vaqti bilan toʻxtab qolgan muzokaralar qoʻlga olinadi.
Ozarbayjonning Gʻalaba bayrami munosabati bilan uyushtirilgan dasturda ishtirok etib yurtga qaytayotgan Prezident Erdoʻgʻan samolyotda jurnalistlarga bergan bayonotida, Pokiston Bosh vaziri Shohboz Sharif bilan boʻlib oʻtgan uchrashuviga ham toʻxtaldi. Unda, eng qisqa vaqtda uch tomonli sammit orqali Islomobod bilan Kobul oʻrtasida butunlay tinchlik oʻrnatilishi zarur ekani qayd etilganiga e’tibor qaratildi.
Shanba kuni (08.11.2025) Bokuda boʻlib oʻtgan uchrashuvida Erdoʻgʻan, Turkiya, Pokistondagi terror hujumlari va Pokiston bilan Afgʻoniston oʻrtasidagi keskinliklarni yaqindan kuzatayotgani bildirdi. Turkiya himoyasida oʻtkazilayotgan muzokaralar, ikki mamlakat oʻrtasida barqaror tinchlikka erishishga xizmat qilishidan umidvor ekanini oʻz soʻziga ilova etdi.
U shuningdek, Turkiya bilan Pokiston savdo, energetika va mudofaa sanoati kabi turli sohalarda hamkorlikni yanada mustahkamlash ustida ishlayotganini qayd etdi.